13 iyun kuni «2020-2021 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan 2020-2021 öquv yili uçun qabul jarayoni va kiriş imtihonlariga oid quyidagilar belgilanmoqda:

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga hujjatlar 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham) bölgan muddatda qabul qilinadi. Abituriyentlar hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari (belgilangan hududlarda), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (barça hududlarda) va Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali topşirişlari mumkin.

Abituriyentlarga test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi hamda ketma-ketligi bir xil bölgan beştagaça bakalavriat ta'lim yönalişi böyiça tanlovda iştirok etiş huquqi berildi.

2020-2021 öquv yili uçun oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi. Bakalavriatning kunduzgi ta'lim şakliga 103 575 nafar, sirtqi ta'lim şakliga 31 350 nafar, keçki ta'lim şakliga 5 025 nafar talaba qabul qilinadi. Joriy yilgi magistratura uçun qabul kvotasi – 10 425 nafar.

Kiriş test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta'lim yönalişiga mos ikkita fandan ötkaziladi.

Xotin-qizlar uçun bakalavriatning kunduzgi ta'lim şakli böyiça umumiy davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlariga nisbatan qöşimça 4 foizli davlat granti asosidagi qabul körsatkiçlari