2023 yil 20 yanvar kuni «Özkimyosanoat» AJ «Birinçi rezinotexnika zavodi» MÇJ (xalq tilida Angren şina zavodi) 100 foiz uluşini Rossiyaning «Tatneft» kompaniyasiga 826,57 milliard sömga sotiş böyiça şartnoma tuzdi.
Avvaliga korporativ axborotlar portalida bitim summasi 826 million söm deb körsatilgandi. 26 yanvarda kunning ikkinçi yarmida portaldagi bu ma’lumot öçirilib, bitim qiymati 826 mlrd söm deb körsatilgan boşqa ma’lumot joylandi.
826 573 075 200 söm – Markaziy bankning 20 yanvardagi kursi böyiça 73 mln 245 ming 288 dollarni taşkil etadi. Qayd etiş lozim, zavod 2017 yilda Xitoyning Eksimbankidan olingan 156,4 mln dollar qarz hisobiga qurilgan edi.
Kompaniyaning ustav kapitali 658 mlrd sömni taşkil qiladi. Şuningdek, uning sof aktivlari qiymati bitim tuzilişidan oldingi oxirgi çorakda 2,3 trln söm bölgan.
2022 yil 2 dekabrda Samarqand şahrida bölib ötgan Özbekiston-Rossiya biznes forumi doirasida «Özkimyosanoat» va «Tatneft» örtasida «Birinçi rezinotexnika zavodi» MÇJning 100 foiz uluşini sotiş va sotib oliş töğrisidagi şartnoma imzolangandi. Öşa paytda bitim narxi oçiqlanmagan edi.
«Birinçi rezinotexnika zavodi» haqida
«Birinçi rezinotexnika zavodi» qurilişi 2017 yilda boşlangan edi. 2018 yil iyul oyidan zavodda işlab çiqariş jarayoni boşlangan.
Zavod 30 gektar maydonda joylaşgan bölib, uni qurişdan asosiy maqsad birinçi bosqiçda yengil avtomobillar uçun şinalar işlab çiqariş bölsa, ikkinçi bosqiçda konveyer tasmalari va qişloq xöjaligi texnikalari uçun şinalar işlab çiqarilişi közda tutilgan edi. Bu loyihaning mahalliy taşabbuskori «Özkimyosanoat» AJ hisoblanadi.
















