Toşkent şahrida 27 noyabrdan boşlangan jinoyatçilikka qarşi tezkor tadbirlarga uzoq vaqt davomida tayyorgarlik körilgan, qölga olingan şaxslar muayyan muddat kuzatuvda bölgan. Bu haqda poytaxt IIBB boşliğining birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev 12 dekabr kungi matbuot anjumanida aytib ötdi.
“Uyuşgan jinoiy guruh bilan 1–2 kunda yoki 1–1,5 oyda masalani hal qilib bölmaydi. Ular bilan kuraşiş uçun oylar, kerak bölsa yillar kerak. Ya’ni biz özimizning me’yoriy hujjatlarimiz, buyruq talablarimiz, qonunlarimizga asosan, ularni kuzatuvga olamiz. Qilayotgan işlarining har birini fiksatsiya qilib, vaqt-soati kelganda çorasini köramiz”, – dedi u.
Toşxöjayevga köra, tergov organi qölga olinganlarning aybini isbotlaş uçun yetarli dalillar töplaganiga işonç hosil qilganidan keyin ularni qölga oliş boşlangan.
“Men sizlarga işontirib ayta olaman, bu keça boşlangan narsa emas. “Dolzarb 40 kun”ga ham aloqasi yöq. Yillar davomida işlovga olinib, vaqt-soati şu kunga töğri kelgan. [...] Biz hammasiga kerakli va yetarli dalillar topgandan keyin, ertaga jabrlanuvçini qörqitib yoki qanaqadir boşqa ta’sir çoralarini körib oçiqda qolib ketmasligiga közimiz yetganidan keyin, bu tadbirlarni amalga oşiryapmiz.
Bugun familiyalari tilga olingan (Baxtiyor Qudratullayev va Saidaziz Saidaliyev – tahr.) asosiy şaxslar uyuşgan guruh tarkibida harakatlangan deb qörqmasdan ayta olamiz. Sababi keça tergovçilar tomonidan qöşimça yiğilgan dalillarga asosan bir qator şaxslarga uyuşgan jinoyatçilik deb ayb e’lon qilindi”, – dedi IIBB mas’uli.
Toşkentdagi reydlar: 27 noyabrdan buyon 103 kişi qölga olingan

Toşxöjayev bu tadbirlarning 25 noyabr kuni “Humo arena”da reper Jah Khalib'ning konsertiga kirişdagi tartibsizlikka aloqasi yöqligini aytdi.
“Bu voqealarning umuman aloqasi yöq. Ijtimoiy tarmoqlarda men ham öqidim, göyoki uyuşgan guruhlar 6-7 ta Milliy gvardiya xodimlariga piçoqlar bilan jarohat yetkazgan. Bu haqiqatga umuman töğri kelmaydigan narsa.

















