Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi bir neçta kodekslarga yöl harakati xavfsizligi böyiça özgartişlar kiritiş haqidagi qonunni körib çiqmoqda.
Qonun bilan, quyidagi huquqbuzarliklar Jinoyat kodeksiga kiritilişi mumkin:
- transport vositasini takroran mast holda boşqariş (sanksiyasi – 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yildan 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş)
- avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş, şuningdek imtihon ötkaziş va haydovçilik guvohnomasini beriş tartibini buziş;
- transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxsning transport vositasini boşqarişi;
- siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilği aralaşmasida işlaydigan transport vositalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalarini buziş.
Şuningdek, transportda bezorilik, ya’ni ayrim haydovçilar tomonidan boşqariş madaniyatiga rioya qilmay, transport vositasini keskin boşqariş va boşqa harakatlarda ifodalangan “agressiv boşqariş”, “drift”, “şaxmat” şaklida harakatlaniş, yöllarda tösiqlarni paydo qiliş kabi qoidabuzarliklar uçun ma’muriy javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Bu qonunda haydovçilarga qoidabuzarliklari uçun jarima ballari tizimi joriy etilişi ham közda tutilgan. Lekin Senat matbuot xizmati xabarida bu masala tilga olinmagan.
Qonunda, şuningdek, huquqni muhofaza organ xodimlarining tasvirlarini ularni obrösizlantiriş maqsadida internetda tarqatganlik uçun javobgarlik kiritilişi ham közda tutilgan. Jamoatçilik tanqidlariga sabab bölayotgan bu norma, Senat axborotida aytilişiça, rivojlangan davlatlar qonunçiligida ham bor.
Eslatib ötamiz, Qonunçilik palatasi uşbu qonunni 2023 yil noyabr oyida qabul qilgan

















