Majburiy mehnat... Zamonaviy dunyoni qiynab kelayotgan oğriqli mavzu. Majburiy mehnat zanjirining qullikdan köp ham farqi yöq. Kişanlar va qamçilar bilan dahşat soluvçi qullik emas, balki çiroyli körinişga ega, jilmayib turgan, ikkiyuzlamaçilikka asoslangan qullik.
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Özbekistonda majburiy mehnatni tugatiş borasida şiddatli siyosat olib borildi. Bu borada turli qonun hujjatlari imzolandi. Bu borada amalga oşirilgan eng sönggi katta işlardan biri bu – mamlakat prezidenti joriy yilning 25 iyun kuni «Xalqaro mehnat taşkilotining 1930 yildagi Majburiy mehnat töğrisidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnomani ratifikatsiya qiliş töğrisida»gi qonunga imzo çekişidir.
Qolaversa, şu yili AQŞ Mehnat departamenti Özbekistonda yetiştirilgan paxtani majburiy yoki bolalar mehnati vositasida yetiştirilgan mahsulotlar «qora röyxati»dan çiqardi.
Şuningdek, Xalqaro mehnat taşkiloti (XMT) 2018 yil Özbekistonda talaba, öqituvçi, vraç va hamşiralar paxtaga mutlaqo jalb etilmaganini qayd etgan.
Yuqoridagi ma'lumotlar Özbekistonda majburiy mehnat batamom tugaganini anglatadimi? Afsuski, ayrim holatlar bu savolning javobini oçiq qoldirmoqda.
Kun.uz tahririyatiga yöllangan navbatdagi murojaat Namangan viloyatidan keldi. Unda aytilişiça, mazkur viloyatning Kosonsoy tumanida joylaşgan 54ta maktab öqituvçilari majburiy mehnatga jalb etilgan. Ya'ni, joriy yilning 29 iyun kuni öqituvçilar mazkur tumandagi Namuna qişloği yaqinidagi anhor böyida beton quyişgan.


«Tuman XTB mudiri va hokimiyat vakillari bizni nazorat qilişdi. Prezidentning majburiy mehnat töğrisidagi farmoni buzilaveradimi? Adolat qani bu yerda? Bilamiz, bu maqola çiqqaç XTB mudiri gap eşitadi, çunki u ham hokimiyatning buyruğini bajarmoqda, hammasi tepadan bölyapti», - deyiladi murojaatda.


























