Jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayonlari ertaga, 11 avgust kuni soat 10:00 da Toshkent shahar sudida boshlanadi.
Ish doirasida:
- S. R. P. (erkak, 1972 yilda Hindistonda tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MChJ direktori),
- S.Q. (erkak, 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, bir vaqtda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida ishlagan),
- va boshqalarga (jami 21 kishi: “Quramax Medikal” MChJ va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK mas’ul xodimlari) ayblov e’lon qilingan.
Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga “qamoqqa olish”, 12 tasiga “munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat” va 2 tasiga “garov” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.
Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabr oyi holatiga qurbonlar soni 20 nafardan ortiq ekani ma’lum edi.
“Kompensatsiya bolalar “Dok-1 Maks”dan zaharlangani isbotlansa, to‘lanadi” – SSV
Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, yo‘talga qarshi “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siroplari tarkibida mumkin bo‘lmagan miqdordagi etilenglikol va/yoki dietilenglikol zaharli moddalari aniqlangan.
Bu preparatlarni Hindistonning “Marion Biotech” kompaniyasi ishlab chiqargan, O‘zbekistonga “Quramax” kompaniyasi import qilib kelgan. O‘nlab bolalar o‘limidan keyin, mamlakatda “Quramax” olib kirayotgan dorilarning hammasi sotuvi taqiqlandi. Hindiston rasmiylari esa “Marion Biotech”ning litsenziyasini to‘xtatdi










