Özbekistonda joriy yil sentabr oyigaça gaz va elektr narxlarini liberallaştiriş dasturi taqdim etiladi. Bu haqda Gazeta.uz'ga energetika vazirining birinçi örinbosari Azim Ahmedxöjayev ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, bu dastur orqali energiya narxlarini liberallaştiriş hamda ijtimoiy iste’mol normalarini joriy etiş rejalaştirilyapti.

“Energiyani köp iste’mol qiluvçi korxonalar faoliyati samaradorligini oşiriş, şuningdek, uzoq muddatli maqsadlarni belgilaş maqsadida energiya xarajatlarini kamaytiriş va ularni turli tariflarga bölişni istaymiz, çunki hozirda har bir korxona uçun gaz va elektr energiyasiga bitta tarif belgilangan. Şuning uçun biz ularni ajratib, Özbekistondagi har bir sub’yekt, har bir biznes va jamiyat qatlamiga alohida yondaşmoqçimiz”, – degan Azim Ahmedxöjayev.

U hukumatning asosiy maqsadlaridan biri elektr energetika sohasining samarali işlaşi va ösişi yölidagi tösiqlarni bartaraf etişdan iboratligini ta’kidlagan.

Azim Ahmedxöjayevning qöşimça qilişiça, Energetika vazirligi xalqaro moliya institutlari va boşqa taşkilotlar bilan birgalikda kelajakdagi islohotlar uçun asos böladigan butun tarmoq uçun yangi me’yoriy-huquqiy bazani işlab çiqyapti.

“Özbekistonda raqobatbardoş elektr energiyasi bozoriga ötiş uçun asoslarni tayyorlayapmiz. Hozirda dastur ustida işlayapmiz, unga köra, hududlarga elektr energiyasini taşiş böyiça xorijiy kompaniyalar va xorijiy tajribani jalb qilamiz. Elektr energiyasini işlab çiqariş va yakuniy iste’molçiga yetkazişda yangiça yondaşuvni körsata oladigan yaxşi boşqaruvçi kompaniyalarni jalb qilmoqçimiz”, – dedi u.

Şu maqsadda mustaqil regulyator taşkil etiladi va u bozor asosida tariflarni hamda energiya işlab çiqaruvçisi va iste’molçi örtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Ahmedxöjayevga köra, vazirlik bu borada Ozarboyjon tajribasini örganmoqda, u sinovdan ötkazilgandan keyin regulyator mustaqil işlaşi mumkin.

Eslatib ötamiz, gaz va elektr energiyasi tariflari oxirgi marta 2019 yil avgust oyida kötarilgan.

Ötgan yili 1 iyuldan aholi uçun bazaviy tariflarni 10 foizga oşirib, tabaqalaştirilgan tariflarga ötiş rejalaştirilgan, lekin bu