Fuqarolar işonçiga kirib, pullarini qisqa muddatga ikki baravarga köpaytirib berişni va’da qilgan holda Whats nomi bilan moliyaviy piramida taşkil etgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Whats asosçilari platformada “qadamlarni” sotib oliş uçun 120 dollardan 17 ming dollargaça pul tikişni, har bir taklif qilingan iştirokçi uçun 12 foiz bonusga ega bölişni, kunlik çet el filmlariga layk bosiş orqali pul işlaşni taklif qilişgan. Platforma tarğiboti ijtimoiy tarmoqlarda faol olib borilgan. Turli viloyatlardagi mahalliy blogerlar va vaynerlarning Whats’ga jalb qiliş mazmunidagi videolari esa uşbu platformani yanada ommalaştirgan.
Olib borilgan tezkor texnik tadbirlar natijasida uşbu tarmoqli firibgarlik platformasini taşkil etgan hamda uni boşqa viloyatlarda ommalaştiriş bilan şuğullangan holda köplab fuqarolarning pul mablağlarini özlaştirgan şaxslar aniqlangan.
Jumladan, Whats platformasi taşkilotçilari hamda uni moliyalaştirgan şaxslar borasida IIV tezkor qidiruv departamenti, Kiberxavfsizlik markazi hamda joylardagi bölimlar xodimlari hamkorligida tezkor suriştiruv işlari olib borilgan. Jarayonda Buxoro şahrida joylaşgan Markaziy savdo majmuasining 2-qavatida “Whats Bukhara” MÇJni taşkil qilib, fuqarolarga uşbu platformaga a’zo böliş jarayoni, unda pul işlaş imkoniyatlari va boşqa yönalişlarni tarğib qilib kelgan 30 yoşli şaxs aniqlangan.
"Bu halokatli tugaydi" - moliyaviy piramidalarning sabab va oqibatlari haqida suhbat
Qayd etilişiça, Whats platformasi Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida ham köplab mahalliy blogerlar tomonidan tarğib qilib kelingan. Firibgarlar Whats a’zolari sonini köpaytiriş maqsadida kelib tuşayotgan pullardan tez-tez ziyofatlar taşkil qilib, muhtojlarga kömaklaşilgan lavhalarni keng tarzda yoritib borişgan.
IIV xabariga köra, joriy yilning 22 avgust kunidan hozirgaça Whats platformasi böyiça içki işlar organlariga jami 500 nafardan ziyod fuqarodan murojaat kelib tuşgan. Ularning zarari miqdori 4 mlrd sömni taşkil qilgan.
Holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















