Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Toşkentdagi uçraşuvda nimalarga kelişib olişdi?
|05:52 / 30.11.201979 16518 min
29 noyabr kuni Toşkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötdi. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirğiziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovlar iştirok etdi.
Davlat rahbarlarining uçraşuvlari
Birinçi bölib 28 noyabr kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov amaliy taşrif va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etiş uçun mamlakatimizga keldi.
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Tantanali kutib oliş marosimidan söng Turkmaniston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.
Turkmaniston prezidentining Özbekistonga amaliy taşrifi 28 noyabr kuni ikki davlat rahbarlarining uçraşuvi bilan boşlandi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini körib çiqdilar va ularni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
Özbekiston va Turkmaniston örtasidagi strategik şeriklik darajasiga kötarilgan köp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muzokaralar çoğida amaliy hamkorlik masalalariga, jumladan, özaro savdoni köpaytiriş, maşinasozlik, energetika, transport, qişloq xöjaligi va boşqa ustuvor tarmoqlarda qöşma loyihalarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi.
Hududlar örtasida, şuningdek, madaniy-gumanitar sohada faol aloqalarni davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.
Mavzuga oid
Özbekiston va Turkmaniston prezidentlari Toşkentda ötkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi mintaqada döstlik, yaxşi qöşniçilik va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaşga xizmat qilişi xususida yakdil fikr bildirdilar.
Şu kuni Gurbanguli Berdimuhamedovga Özbekiston Fanlar akademiyasining Faxriy akademigi unvonini berişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Mamlakatimiz Fanlar akademiyasi uşbu qarorni Turkmaniston prezidenti xalqaro ilmiy doiralarda keng tanilgan va e'tirof etilgan olim, zamonaviy tibbiyot, farmakologiya, iqtisodiyot, arxitektura va fanning boşqa sohalarini rivojlantiriş hamda Markaziy Osiyoning boy tabiatini örganişga bağişlangan qator ilmiy qomusiy asarlar muallifi ekanligini inobatga olgan holda qabul qildi.
Marosimda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev sözga çiqib, uşbu qaror Turkmaniston prezidentining ilm-fan sohalarini rivojlantiriş, qardoş özbek va turkman xalqlari örtasidagi döstlikni mustahkamlaşdagi xizmatlariga ulkan hurmat ifodasi ekanini ta'kidladi.
Davlatimiz rahbari oxirgi yillar köp asrlik aloqalar tarixida alohida ahamiyatga ega bölgani va bugungi kunda Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma asosida tobora rivojlanayotganini qayd etdi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, öz navbatida, prezident Şavkat Mirziyoyev va Özbekiston Fanlar akademiyasiga körsatilgan yuksak e'tibor uçun çuqur minnatdorlik bildirdi, bu Turkmanistonga hurmat-ehtirom ifodasi, mamlakatning fan va ta'lim sohalaridagi yutuqlari e'tirofi, xalqlarimiz örtasidagi döstlik mustahkamligidan dalolat ekanini ta'kidladi.
Turkmaniston rahbari köp asrlik tarixiy-madaniy aloqalar boğlab turgan mamlakatlarimizning yaxşi qöşniçilikka asoslangan hamkorligi özaro manfaatlarga ham, butun mintaqa farovonligi yölidagi maqsadlarga ham mos ekanini qayd etdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov prezident Şavkat Mirziyoyevning ikki davlat örtasidagi köp qirrali şeriklikni mustahkamlaş, unga yangi sur'at bağişlaşga qöşgan şaxsiy hissasini yuksak baholadi. Özbekiston rahbari bilan muntazam va samarali uçraşuvlar doimo döstona va işonç ruhida ötayotgani va aniq kelişuvlarga erişişga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Tadbirda ilm-fan va madaniyat namoyandalari, Özbekistonda istiqomat qilayotgan turkman millati vakillari sözga çiqib, Turkmaniston prezidentini yuksak unvon bilan tabrikladi.
Marosimda ikki mamlakatning rasmiy delegatsiyalari a'zolari, akademik doiralari va jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 28 noyabr kuni keçqurun Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinçi maslahatlaşuv kengaşi majlisida iştirok etiş uçun Toşkentga keldi va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda ikki mamlakat örtasida iqtisodiyot, energetika, transport, ta'lim, madaniyat va sarmoyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. Tojikiston va Özbekiston rahbarlari ikki davlatning köplab sohalardagi hamkorligidan mamnun ekanligini bildirdi.
Tojikiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Duşanbe şahriga rasmiy taşrif bilan borişga taklif qildi.
28 noyabr kuni, şuningdek, Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etiş uçun Toşkentga yetib keldi.
29 noyabr kuni Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvida iştirok etiş uçun Toşkentga keldi.
29 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev bilan uçraşdi.
Uçraşuv avvalida davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyevni Özbekistonga taşrifi bilan samimiy qutlab, unga Özbekistonning mintaqa mamlakatlari yetakçilari uçraşuvlarini ötkaziş taşabbusini qöllab-quvvatlagani uçun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.
Elboşi Nursulton Nazarboyev, öz navbatida, prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ilk bor 2018 yil Ostona (ayni paytda – Nur-Sulton) şahrida ötgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari mintaqada köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qilayotgani hamda şeriklikning amaliy loyihalarini ilgari suriş uçun samarali maydon bölayotganligini ta'kidladi.
Uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, şuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov bilan ham uçraşuvi bölib ötdi.
Davlat rahbarlari Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi köp asrlik döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlari izçil kengayib, mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
Turli darajalardagi aloqalar faollaşgani, tovar ayirboşlaş ortayotgani, gumanitar almaşinuvlar jadallaşgani alohida ta'kidlandi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Tomonlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toşkentdagi maslahat uçraşuvi mintaqa mamlakatlari örtasidagi aloqalarni yanada faollaştiriş hamda döstlik, yaxşi qöşniçilik va özaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşişiga işonç bildirdilar.
Muhim taşabbuslar ilgari surildi
Sammit işida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Qozoğiston Respublikasining birinçi prezidenti – Elboşi Nursulton Nazarboyev, Qirğiziston Respublikasi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov iştirok etdi.
Delegatsiyalar rahbarlarining birgalikda suratga tuşiş marosimi bölib ötdi.
Söng davlat yetakçilarining tor doiradagi uçraşuvi bölib ötdi. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi.
Davlatimiz rahbari hamkasblarini samimiy qutlab, uşbu uçraşuv hayot talabi, tomonlarning yaxşi qöşniçilikni mustahkamlaş va şeriklikni kengaytirişga intilişi ifodasi ekanini ta'kidladi.
– Yaratganning inoyati bilan biz qöşnilarmiz. Xalqlarimizning tarixi va taqdiri, kelajagi çambarças boğliq. Bu esa mintaqamizni birlaştiruvçi katta kuçdir, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari Markaziy Osiyoda köp tomonlama hamkorlik böyiça yagona nuqtai nazarni kelişiş zarurligini ta'kidlab, uning asosiy yönalişlari haqida öz fikrlarini bildirdi, qator muhim taşabbuslarni ilgari surdi.
Bu, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirişdir. Katta bozorga ega, tabiiy xomaşyo va inson resurslari salmoqli bölgan mintaqamizning raqobatdoş ustunliklarini imkon qadar töliq işga soliş muhim. Qöşilgan qiymat zanjirini şakllantiriş, mintaqa içidagi savdoni kengaytiriş, iş örinlarini yaratiş maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi imkoniyatlarni aniqlaş va kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş lozim.
Özbekiston qişloq xöjaligi maşinasozligi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, töqimaçilik sanoati, agrar tarmoqda faol hamkorlik qilişga tayyor ekani bildirildi.
Prezident şu maqsadda Toşkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari investitsiyaviy forumini taşkil etiş, savdo-sanoat palatalari rahbarlari uçraşuvlarini har yili ötkazişni taklif qildi.
Ikkinçi muhim yönaliş – mintaqaning transport jihatidan özaro boğliqligini mustahkamlaş va tranzit salohiyatini röyobga çiqariş.
Markaziy Osiyoning transport tizimi yaratilayotgan zamonaviy logistika infratuzilmasidan foydalangan holda mintaqa içida uzluksiz kommunikatsiyani ta'minlaşi, şuningdek, tobora ortib borayotgan tranzit oqimlariga samarali xizmat qilişi lozimligi ta'kidlandi.
Transport kommunikatsiyalari böyiça mintaqaviy kengaş tuzilişini, Markaziy Osiyo transport tizimini birgalikda rivojlantiriş böyiça dastur va bitimning kelişilişini tezlaştiriş muhimligi qayd etildi.
Uçinçidan, mintaqaning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş zarurligi, Özbekiston qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşini oşiriş, zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratiş borasidagi qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyor ekani ta'kidlandi.
Mamlakatlarning ulkan turizm salohiyatini amalga oşiriş yana bir istiqbolli yönalişdir. Davlat rahbari buning uçun Markaziy Osiyoning yagona, köpçilik taniydigan turizm brendi, mintaqa uçun umumiy bölgan jozibador turizm mahsulotlarini şakllantiriş lozimligiga e'tibor qaratdi.
Şu maqsadda prezident “Markaziy Osiyo böylab sayohat” xalqaro turizm konferensiyasini ötkaziş taklifini bildirdi.
Şavkat Mirziyoyev suvdan foydalaniş borasidagi muammolarni hal etişga doir özaro kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqişni taklif etdi, Afğonistonda tinçlik, milliy murosa va iqtisodiy tiklanişga erişişga kömaklaşiş yölida mintaqa mamlakatlarining sa'y-harakatlarini muvofiqlaştiriş muhim ekanini ta'kidladi.
Mirziyoyev: Markaziy Osiyo davlatlarining özaro yaqinlaşuvi - ortga qaytmaydigan jarayon
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muzokaralari kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev majlis iştirokçilarini qutlar ekan, ikkinçi Maslahat uçraşuvining ötkazilişi manfaatlarning özaro muştarakligi, mamlakatlarimiz mintaqaviy taraqqiyotning eng dolzarb masalalari böyiça oçiq muloqot va birgalikda qarorlar qabul qilişga tayyor ekanini yana bir bor yaqqol tasdiqlaşini ta'kidladi.
– Siyosiy iroda va amaliy qadamlarimiz tufayli biz hamkorlikning yanada yuqori bosqiçiga kötarilmoqdamiz, – dedi davlat rahbari. – Bizning hamjihatligimiz va faol sa'y-harakatlarimiz köpqirrali mintaqaviy hamkorlik uçun yangi imkoniyatlarni oçib berdi. Biz qisqa muddatda birgalikda, amalda oldinga siljişga erişdik.
Xususan, Özbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi sönggi yillarda 2 barobarga, qöşma korxonalar soni 4 barobarga ösdi. Birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan çegaralarning huquqiy rasmiylaştiriş işlari yakunlaniş arafasida, oltmişga yaqin ötiş punktlarining tölaqonli faoliyati ta'minlandi, vizalar bekor qilindi. Işbilarmonlik va hududlararo aloqalar, transport qatnovlari, madaniy-gumanitar almaşinuvlar kengayib bormoqda.
Ötgan yili Özbekistonda birinçi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi hamda mamlakatlarimizning boş vazirlari örinbosarlari darajasida Işçi guruhning dastlabki uçraşuvi bölib ötdi.
Bularning barçasida barqaror bir tendensiya – davlatlarimizning mustaqil roli va umumiy kelajak uçun mas'uliyati kuçayib borayotgani namoyon bölmoqda, deb ta'kidladi prezident Şavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy va global masalalar böyiça tobora köproq umumiy pozitsiyadan turib fikr bildirayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
– Bizning mintaqadagi özaro yaqinlaşuvimiz va hamkorlikni kengaytirişimiz – bu zamon talab qilayotgan va orqaga qaytmaydigan jarayon ekanini ta'kidlamoqçiman. U qat'iy siyosiy qarorga asoslangan bölib, çuqur tarixiy omillarga ega va kimningdir manfaatlariga qarşi qaratilgan emas, – dedi prezident.
Davlat rahbari uçraşuv iştirokçilarini savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi vazifalarni amalga oşiriş uçun butun kuç va imkoniyatlarni safarbar etişga çaqirdi.
Şu munosabat bilan, Markaziy Osiyo investitsiya forumi va mamlakatlarimiz savdo-sanoat palatalarining ilk yiğilişini ötkaziş, şuningdek, Transport kommunikatsiyalari böyiça mintaqaviy kengaş tuzişni tezlaştiriş, “Bir sayohat bilan butun mintaqa böylab” tamoyili asosida qöşma dasturlarni ilgari suriş uçun Xalqaro turizm konferensiyasini taşkil etiş taklif etildi.
Bundan taşqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari Parlamentlararo döstlik guruhini ta'sis etiş hamda “Markaziy Osiyo – yagona ötmiş, umumiy kelajak” şiori ostida madaniy-gumanitar almaşuv platformasining yaratilişi bizning barça xalqlarimiz manfaatlariga javob berişi ta'kidlandi.
Prezidentimiz ilm-fan, madaniyat va san'at sohalarida erişilgan salmoqli yutuqlar uçun Markaziy Osiyo mukofotini ta'sis etiş, şuningdek, universitetlar forumlari va mintaqaviy sport öyinlarini taşkil etiş taklifini ilgari surdi.
– Har yili Navröz bayrami arafasida navbati bilan har bir mamlakatda Markaziy Osiyo madaniyat kunlarini ötkazişni muhim deb hisoblaymiz. Bularning barçasi qardoş xalqlarimizni yanada yaqinlaştirişga xizmat qiladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Suvdan birgalikda foydalanişning dolzarb masalalarini, mintaqaning murakkab suv va ekologik muammolarini hal qilişning barça uçun maqbul yeçimini izlaş özaro kelişilgan yondaşuvlarni talab etadi. Innovatsion texnologiyalarni jalb qiliş, “yaşil iqtisodiyot” tamoyillarini tatbiq etiş, çöllaşişni bartaraf qiliş va boşqa kompleks çora-tadbirlarni qabul qiliş maqsadida Özbekiston prezidenti BMT şafeligidagi Orolböyi mintaqasi uçun Trast fondi imkoniyatlarini samarali işga solişni taklif etdi.
Eng muhim ustuvor vazifa – mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşdan iborat ekanini hisobga olib, davlatimiz rahbari Özbekiston zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga keng miqyosda qarşi turiş uçun mamlakatlarimizning huquqni muhofaza qiluvçi idoralari va maxsus xizmatlarining operativ hamkorlik qilişi böyiça işçi mexanizmlarni yaratiş tarafdori ekanini ta'kidladi.
– Afğoniston mintaqamizning uzviy bir qismidir. Uşbu diyorga tinçlik va taraqqiyot yöliga qat'iy qadam qöyişi uçun yordam beriş – barçamizning umumiy manfaatlarimizga töliq mos keladi. Muammoni siyosiy yöl bilan hal qiliş borasidagi asosiy tamoyillarga amal qiliş zarur deb hisoblaymiz. Avvalambor, bu – zöravonlikdan voz keçiş, öt oçişni töxtatiş, muloqot va murosaga tayyorlikni namoyon etişdan iborat, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bundan taşqari, davlat rahbari Afğonistonda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş, şuningdek, uşbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga faol jalb etişga qaratilgan kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqiş öta muhimdir.
Prezidentimiz bu ustuvor vazifalar Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantiriş böyiça Yagona qaraş hujjatida öz aksini topişiga işonç bildirdi.
Şavkat Mirziyoyev uçraşuv iştirokçilarini özaro hamkorlikning asosiy maqsad va tamoyillarini kelişib olişga, inson, kapital, tovar va xizmatlarning harakati, şuningdek, keng madaniy-gumanitar almaşinuvlar uçun qulay şaroitlar yaratib beriş, Markaziy Osiyoda döstlik, yaxşi qöşniçilik va şeriklikni mustahkamlaşning amaliy mexanizmlarini şakllantiriş va yölga qöyişga çaqirdi.
Turkmaniston prezidentining taklifiga binoan davlat rahbarlari Qozoğistonning birinçi prezidenti - Elboşi Nursulton Nazarboyevni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uçraşuvining Faxriy raisi etib bir ovozdan sayladilar.
Navbatdagi Maslahat uçraşuvi Qirğizistonda ötkaziladi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uçun brifing ötkazildi.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev muzokaralar an'anaviy döstlik va özaro anglaşuv ruhida ötganini, davlat rahbarlarining mintaqada işonç va yaxşi qöşniçilik muhitini yanada mustahkamlaşga bölgan intilişi va qat'iy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi bölganini ta'kidladi.
– Biz özaro hamkorlikning dolzarb masalalarini atrofliça muhokama qildik. Mamlakatlarimiz örtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytiriş yölida butunlay hamfikr ekanimizni yana bir bor tasdiqladik. Uçraşuv dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar böyiça bizning qaraş va yondaşuvlarimiz, özaro juda yaqin ekanini namoyiş etdi, – dedi davlatimiz rahbari.
Uçraşuvda savdo tösiqlarini bartaraf etiş, sanoat kooperatsiyasini yanada kuçaytiriş, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari körib çiqilgani ma'lum qilindi.
Tomonlar hududlar darajasida faol almaşinuvlar va muloqotni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, ilm-fan, ta'lim, turizm, madaniyat va sport sohalarida qöşma tadbirlarni muntazam ötkazişga kelişib oldilar.
Muzokaralar çoğida mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş uçun köp tomonlama hamkorlik masalalariga jiddiy e'tibor qaratilgani aytildi.
Kunning birinçi qismida bölib ötgan muzokaralardan keyin Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Köksaroy qarorgohidagi faxriy mehmonlar xiyoboniga köçatlar ötqazdi. Şundan keyin siyosatçilar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga taşrif buyurişdi va Özbekistonning birinçi prezidenti haykali poyiga gulçambar qöyiş marosimida iştirok etişdi.
Sammit yakunida Qöşma bayonot qabul qilindi hamda Maslahat uçraşuvlariga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş reglamenti ma'qullandi.
– Bizni muştarak tarix va madaniyat, yagona muqaddas din, öxşaş mentalitet, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va an'analar, hamda ajralmas döstlik çambarças boğlab turadi. Bularning barçasi, xalqlarimiz farovonligi va ravnaqi yölida Markaziy Osiyo davlatlari salohiyatini birlaştirişga qaratilgan özaro manfaatli hamkorligimizga mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi, – deya ta'kidladi Şavkat Mirziyoyev.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi Maslahat uçraşuvi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.
Delegatsiyalar rahbarlari aeroportga birgalikda keldilar. Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlari rahbarlarini şaxsan kuzatib qöydi.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvi kelgusi yili Qirğizistonda ötkaziladi.