Oçiqlik va oşkoralik Şavkat Mirziyoyev davrida amalga oşirilgan eng katta özgarişlardan biridir. Prezident qançalik oğir bölmasin, uşbu yöldan qaytilmasligini şu paytgaça köp marta ta’kidlagan. Davlat uşbu maqsadda sobit ekanini konstitutsiyaga kiritilayotgan özgartirişda, ya’ni oçiqlik siyosatidan heç qaçon ortga qaytilmasligi mamlakat boş qonuni darajasida mustahkamlab qöyilayotganida ham köriş mumkin.

“Haligaça jurnalistlar faoliyatiga tösqinlik qiliş holatlari uçramoqda”

Anvar Eminov, siyosiy tahlilçi:

– Bugungi kunda mamlakatimizda xalq bilan muloqotni kuçaytiriş, davlat organlari oçiqligini ta’minlaş, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda aholining faol iştirokini ta’minlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlarning samarali bölişida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning faoliyati muhim örin tutadi.

Şu sababli ham keyingi yillarda mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga soluvçi qonunçilikni takomillaştiriş, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning samarali faoliyat yuritişi uçun yetarli şaroitlar yaratişga alohida e’tibor berilmoqda. Bosma va internet naşrlari, tele va radiokanallar soni oşib bormoqda.

Turli şakl va körinişdagi ommaviy axborot vositalari fikrlar xilma-xilligini ta’minlaş, joylarda yöl qöyilayotgan kamçilik va muammolarni dadil kötarib çiqişda muhim omilga aylanib bormoqda. Aholi bilan töğridan töğri muloqot qiliş, odamlarni öylantirayotgan muammolarga tezkor munosabat bildiriş, turli mavzular böyiça oçiq, xolis va tanqidiy fikr bilan çiqişda katta imkoniyatlar paydo bölmoqda

Sohada keçayotgan ijobiy özgarişlar xalqaro maydonda söz erkinligi holatini örganişga ixtisoslaşgan xalqaro taşkilotlar tomonidan ham e’tirof etilmoqda. Özbekiston 2022 yil matbuot erkinligi reytingida 24 poğonaga kötarilib, 133-örinni egallagani ham şunga bir misol.

Anvar Eminov Foto: Şaxsiy arxivdan

Davlatimiz rahbari söz erkinligi, davlat organlarining oçiqligi va şaffofligi davlat siyosatining ustuvor yönalişlari ekanligini ta’kidlab kelmoqda. Çindan ham, jurnalistlarning qonuniy faoliyatiga tösqinlik qiliş demokratik islohotlarimizga qarşi harakat, mamlakatimizning obrösiga putur yetkaziş sifatida baholanişi kerak.