Toşkent xalqaro aeroportining «Tibbiyot dunyosi» MÇJ bilan imzolagan şartnomasiga köra, test tahlillarini oliş vakolati uşbu korxonaga berilgan va yölga qöyilgan. Kompaniya direktori örinbosari esa jamoatçilikka taniş Bahrom Almatov hisoblanadi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Bahrom Ibragimoviç Almatov 2020 yilning 18 aprelida Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi direktori örinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bahrom Almatov 2019 yilning sentyabrida SSV huzurida taşkil etilgan Sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik agentligi direktori – Özbekistonning Boş davlat sanitariya vraçi etib tayinlangan edi. 2020 yil aprelida esa u agentlik direktorining örinbosari lavozimini egallagandi. Uşbu agentlik taşkil etilganidan bir yil ötib tugatilgan.
Kun.uz muxbiri bilan 2020 yil 31 dekabr kuni suhbatlaşgan Bahrom Almatov özini «Tibbiyot dunyosi» MÇJ direktori örinbosari sifatida taniştirdi.
Qayd etiş lozim, Özbekistonga kirib kelayotgan yölovçilarda PZR testining manfiy natijasi töğrisidagi ma’lumotnoma mavjudligidan qat’i nazar, ulardan ekspress test topşiriş talab etilmoqda.
«Tibbiyot dunyosi» MÇJ direktor örinbosari Bahrom Almatov aeroportga kelgan yölovçilar ekspress test topşirişi uçun 150 ming söm narx belgilangani, 28 dekabrdan bu narx 95 ming sömga tuşirilgani, talabalar esa 50 ming evaziga test topşirişlari mumkinligini ma’lum qilgandi.
Ammo uşbu xizmatni körsatişdan maqsad tadbirkor uçun daromad topişmi yo bu ijtimoiy mas’uliyat yuzasidan körsatiladigan xizmatlardan birimi?
Hukumat şu paytgaça aeroportdan kirib keluvçi yölovçilardan PZR manfiy test natijasini talab qilişi barobarida nega AG ekspress test olinayotganini asoslantirib, izohlamagan. Şuningdek, uşbu xizmatni körsatiş uçun qaysi firmalar, qanday talablar asosida tanlab olingani noma’lum.

















