Yakunlanib borayotgan 5 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Toshkentga ikkinchi Dreamliner kelib qo‘ndi (video)

Foto: Sputnik
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri xalqaro aeroportiga «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning ikkinchi Boeing -787 Dreamliner samolyoti kelib qo‘ndi.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AbdullaOripov.com
O‘zbekiston xalqi, O‘zbekiston adabiyoti va san'ati og‘ir judolikka uchradi. Kun.uz sayti manbasining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov og‘ir xastalikdan so‘ng 75 yoshida vafot etgan.
>>> Batafsil.
Rossiya: Halabga 19 kundirki zarba berilmayapti

Foto: © RIA Novosti
Rossiya harbiy kosmik kuchlari va Suriya HHK aviatsiyasi 19 kundirki, Suriyaning Halab shahriga havo zarbalari bermayapti.

























