O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston va xalqaro hayotda muhim voqealar sodir bo‘ldi, muhim qarorlar qabul qilindi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo‘ldi. Ana shu voqea-hodisalarning eng muhim va qiziqarlilari haftalik dayjestda.
Bishkekdagi fojia

Turkiya aviakompaniyasining Gonkongdan kelayotgan yuk samolyoti Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi Manas aeroportiga qo‘nayotganda falokatga uchradi. Voqealarning to‘liq tafsiloti.
AQShning yangi prezidenti o‘z lavozimiga kirishdi

70 yoshli Donald Tramp 20 yanvarda AQSh kongressida qasamyod qabul qilib, AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi. Saylovoldi kampaniyasidagi chiqishlari, keskin fikr va qarorlar sohibi, AQSh prezidenti saylovida shov-shuvli g‘alaba qozongan Tramp hayoti bilan o‘tgan haftda sodir bo‘lgan eng so‘nggi yangiliklar.
Davos-2017 forumi

O‘tgan haftada Shveytsariyaning Davos dam olish maskanida an'anaviy Butunjahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Jahon siyosati, biznesi, iqtisodiyoti, texnologiyalari va moliya sohasidagi ko‘zga ko‘ringan shaxslar Shveytsariyaning Alp tog‘laridagi dam olish maskanida to‘planishdi.
Afrika sarhadlarida
Afrikadagi qator davlatlarda bir qancha tarixiy voqealar bo‘lib o‘tdiki, ular bevosita mazkur mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy hayotiga ta'sir etmay qolmadi.
Kot-d'Ivuarda isyonchilar hukumat bilan kelishuvga keldi.

















