Yakunlanib borayotgan 16 sentabr, shanba kuni O‘zbekistonda va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari KUN.UZ dayjestida.

 

O‘ZBeKISTON:

Foto: O‘zA

Kunning eng muhim yangiliklaridan biri — bugun Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev yurtimizga tashrif buyurdi. U Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 10 dan ziyod hujjat imzolandi. Prezidentlar Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishishdi.

 

Kunning boshqa muhim xabar va yangiliklari:

Foto: lexconsulenza.it

O‘zbekiston dunyo parlamentlaridagi ayollar reytingida 126-o‘rinda

Biznes-ombudsman faoliyati uchun qo‘shimcha kafolatlar