Har qanday insonning ma'lum bir rejasi va iş grafigi böladi. Reja köpinça kunlik, haftalik, oylik va yillik böladi. Bugun Özbekiston prezidentining matbuot xizmatidan kelayotgan axborot oqimiga nazar taşlay turib, har qanday insonning hayotida rejalaştiriş çindan ham muhim örin tutişiga amin böldik.

Özbekiston prezidentining bugungi kuniga e'tibor qarating.

Soat taxminan 11 larda Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Qibray tumanidagi aerodromda amalga oşirilayotgan işlarning borişi bilan tanişdi. Özbekiston prezidenti bajarilgan işlarni közdan keçirib, aeroportda qurilişi möljallangan obektlarning kam-köstlarini töldirib oxiriga yetkaziş böyiça körsatma berdi. Davlat rahbari qurilişda yorqinroq ranglardan köproq foydalaniş, aeroport hududini kökalamzorlaştiriş, öylangan drenaj tizimini taşkil etiş zaruriyatini ta'kidlab ötdi.

Tuşdan söng soat 1 da Özbekiston prezidenti Toşkent şahrining Maxtumquli va Ohangaron köçalari kesişmasida barpo etiladigan yöl ötkazgiç loyihasi bilan tanişdi. Şavkat Mirziyoyev şuningdek, Ohangaron şossesi böylab rejalaştirilayotgan yer usti metrosi qurilişi loyihalari bilan ham tanişdi.

Oradan bir soat ötib, Özbekiston prezidenti Toşkent şahrining Afrosiyob va Beşyoğoç köçalari kesişmasida barpo etilayotgan köpfunksiyali sport majmuasiga taşrif buyurdi. Davlat rahbari mazkur inşoot ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, majmua yil böyi faoliyat körsatişiga erişiş kerakligini aytib ötdi. Majmua bazasida sport jamoalarini taşkillaştiriş, sport liboslari va anjomlarini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan korxonani taşkil etiş yuzasidan topşiriqlar berdi.