Özbekiston, Rossiya va Xalqaro atom energiyasi agentligi atom elektr stansiyasi (AES)ni loyihalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qiliş masalalarini muhokama qilişmoqda. Kun.uz muxbiri şu haqida xabar berdi. 

Ma'lumotlarga köra, AESning umumiy quvvati 2400 MVt böladi. Hozirda tegişli taşkilotlar tomonidan elektr stansiyasini quriş joyi belgilanmoqda. Bundan avval "Rosatom"ga Navoiy viloyati taklif qilingani haqida xabar berilgan edi, biroq biroz muddat ötgaç quriliş geografiyasi kengaydi. 

Hozirça loyiha bahosiga doir rasmiy ma'lumotlar yöq. Şunday bölsa-da, "3+" avlodiga mansub ikki blokli hamda seysmologik barqaror atom elektr stansiyalari örtaça 10 milliard dollarga tuşadi. 

Mutaxassislarning fikriça, AES quriliş muddati 5 yildan ortiqni taşkil qilişi mumkin.

Bundan avval özbekistonlik ekspertlar mamlakatda AES qurilişi muhim ahamiyatga ega ekani, bu sanoati rivojlanayotgan davlat uçun ayni muddao bölişi, işbilarmonlar biznesi rivojlanişi uçun turtki berişi, şu bilan birga, uy xöjaliklarida maişiy texnikalardan keng foydalaniş uçun qulay imkoniyatlar yaratişi haqida ta'kidlagani haqida ma'lum qilingan edi. 

Şuningdek, "Rosatom" rahbari Aleksey Lixaçyov Özbekistonda AES qurilişi eng avvalo elektr energiyasi narxining tuşişi, mamlakat rivojiga ijobiy ta'sir körsatişi hamda eng asosiysi, aholi turmuş tarzini yaxşilaşi haqida aytgan edi. Ta'kidlaş joizki, mazkur AES qurilişi Rossiya hamda Belarusdagi kabi hamkorlik modeli asosida, ya'ni barça bosqiçlar Özbekiston bilan birga amalga oşirilişi kutilmoqda. Boşqa davlatlarda AES qurilişi bilan boğliq barça işlar "Rosatom" tomonidan amalga oşiriladi. Özbekiston esa uranga boy mamlakat, şunday ekan, AES qurilişi teng hamkorlik asosida yölga qöyiladi.