Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 17-18 avgust kunlari Özbekistonga davlat taşrifini amalga oşirmoqda. Bu Tojikiston prezidentining sönggi 20 yil içida ilk bor Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelişidir.
Qöşni davlat rahbari öz taşrifini Toşkent şahridagi Mustaqillik maydonidan boşlab, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qöydi.
Şundan söng, Özbekiston va Tojikiston rahbarlari Köksaroyda tor va keng doiradagi muzokaralarni ötkazişdi.
Köksaroydagi muzokaralar

Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, energetika, qişloq va suv xöjaligi, turizm va boşqa sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş, odamlar uçun qulayliklarni oşiriş masalalari muhokama etildi. Bu boradagi qöşimça imkoniyatlarni işga solişga, hududlar, yirik korxonalar va tadbirkorlar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaşga, madaniy-gumanitar almaşinuvlarni faollaştirişga kelişib olindi.
Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşdi.
Özbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining keng tarkibdagi muzokaralarida esa asosiy e'tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga qaratildi.
«Hamkorligimizda hali işga solinmagan imkoniyatlar juda köp. Şunday işlaşda davom etsak, tez orada tovar ayirboşlaş hajmini 500 million dollarga yetkazamiz. Aslida salohiyatimiz – kamida 1 milliard dollar», dedi Özbekiston prezidenti.
Muzokaralarda ikki mamlakat biznes tuzilmalari va çegaraoldi hududlari örtasida kooperatsiyani kengaytirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar köriş zarurligi ta'kidlandi. Qişloq xöjaligi texnikasini yiğiş, quriliş materiallari, oziq-ovqat, tayyor töqimaçilik, elektrotexnika mahsulotlari va boşqa tovarlarni işlab çiqariş loyihalarini tezlaştirişga kelişib olindi. Transport va tranzit taşiş, energetika va gidroenergetika, suvdan foydalaniş sohalarida özaro manfaatli kelişuvlarga erişildi.
Özbekiston va Tojikiston strategik şerik davlatlar

Köksaroyda bölib ötgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki davlat örtasida davlatlararo strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma imzolandi.




















