Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 24-yalpi majlisi yakunlandi. 19 ta masala muhokama qilingan yig‘ilish Senatning  veb sayti, YouTube va Facebook`dagi kanallarida onlayn rejimida translatsiya qilib borildi.

Yalpi majlis Senat raisi Tanzila Norboyevaning kirish so‘zi bilan boshlandi. Senat raisi rahbarlarning xalq uchun ochiqligi, jamiyatning barcha sohalarida ochiqlik – bugungi kun talabi ekanini aytib, bundan boshqa yo‘l yo‘qligi, shu sababli bunga ko‘nikib, ishni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta'kidladi.

Tanzila Norboyeva, shuningdek, rahbarlarning avvalgi yopiqligi, odamlar bilan, ayniqsa, OAV vakillari bilan muloqotga chiqmasligini qoraladi. Uning aytishicha, rahbarlar xalqimiz bilan, jurnalistlarimiz bilan muloqot qilishni odat qilishi, muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qat'iy amal qilishi zarur.

Shundan so‘ng “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Bu borada Hukumat a'zolarining ma'ruzalari tinglandi, senatorlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Jumladan, Senat raisi Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga murojaat qilib, davlat dasturlari uchun mahalliy budjet mablag‘i yetish-yetmasligini so‘radi.

Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov

Majlisda, O‘zbekistonning asosiy tashqi qarzi OTB, Jahon banki, Xitoy va Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelishi, kelgusi yildan maktablar va bog‘chalarda ish haqi respublika budjetidan