Senat raisi Tanzila Norboyeva taklif etilgan nomzod BMTning Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qiliş, bir qança qonunosti hujjatlarini işlab çiqişda mutaxassis sifatida faol iştirok etganini e'tirof etdi.
Ma'lumot uçun, Aliya Yunusova 1961 yilda Toşkent şahrida tuğilgan.
Iş faoliyatini 1983-1989 yillarda Toşkent davlat tibbiyot institutida öqituvçilikdan boşlagan. 1989-1999 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasining Möminov nomli Falsafa va huquq institutida aspirant, kiçik ilmiy xodim, 1991-1993 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitada I darajali mutaxassis, boş mutaxassis, 1999-2005 yillarda Inson huquqlari böyiça Milliy markazda bölim mudiri lavozimlarida mehnat qilgan. 2005-2020 yillarda – uç çaqiriq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati bölgan.

















