Otabekovning fikriça, pensiyalarni plastik kartoçkaga ötkazib oliş maqsadga muvofiq.
«Naqd pullarda koronavirus qözğatuvçisi uzoq muddat (4-5 kun) saqlanib qolişi haqida isbotlangan dalillar bor.
Şu munosabat bilan ayniqsa naqd pul bilan boğliq holda faoliyat yurituvçilar, deylik, pensiya tarqatuvçilar, bank xodimlari, kassirlar, savdo muassasalari xodimlari jiddiy ehtiyot çorasini körişlari kerak böladi. Ular naqd, ya'ni qoğoz pul bilan işlaganda dastlab özlarini himoya qilişlari kerak. Ular bir martalik qölqoplarda, doka niqoblarda böliş barobarida muntazam ravişda qöllarini dezinfeksion va antiseptik vositalar bilan zararsizlantirib turişlari kerak.
Katta yoşdagi odamlar koronavirus infeksiyasini yuqtirib olişga moyil ekanini aniq bilamiz. Şu sababli ular xavfosti guruhiga mansub. Özbekistonda pensiyalar naqd pulda beriladi. Respublikamiz bank sohasi mutasaddilarining ma'lum qilişlariça, ayni kunlarda pensiya pullari alohida paketlarda tarqatilmoqda. Bu pullarni aholiga tarqatişdan oldin maxsus dizenfeksion işlov berilmoqda.
Lekin bitta narsani aniq bilişimiz kerak. Naqd pul orqali odamlarga kasallik yuqişi mumkin. Şunday ekan, hozirgi vaziyatda naqd pul bilan muomala qilişni keskin kamaytiriş, nafaqalarni naqd pul sifatida emas, plastik kartoçkalar orqali oliş xavfsizroq böladi.
Hozir plastik kartoçkalar böyiça umuman muammo yöq. Bitta plastik kartoçkadan ikkinçisiga ötkaziş ham heç qanday muammo tuğdirmaydi. Demak, nafaqat oylik maoşlarini, nafaqa pullarini ham kartoçkaga tuşiriş kerak böladi», – deya Nurmat Otabekovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mutaxassisning aytişiça, plastik kartoçkadan foydalanilsa, koronavirusning bir odamdan ikkinçisiga ötiş ehtimoli keskin kamayadi. U uy şaroitida ham imkon qadar bitta plastikdan foydalaniş maqsadga muvofiqligini, dezinfeksion işlov beriş, tozalaş imkoni borligi sababli plastik kartoçkalar naqd pulga nisbatan ança xavfsizligini ta'kidladi.
«Pensiya tarqatiş bilan şuğullanadigan xodimlar işlaydigan mutaxassislar har kuni ertalab termometriyadan ötkazilişi, ya'ni harorati ölçanişi, gigiyena qoidlariga töliq rioya qilişi kerak.
Koronavirusga xos klinik belgilarning yöqligiga işonç hosil qilişlari va kun davomida özlari salomatligi ustidan kuzatib borişlari, doka niqoblarda, bir marotabalik qölqoplarda faoliyat olib borişlari kerak. Negaki ular köp odam bilan muloqotda bölişlari mumkin. Özlarida kasallik alomatlarini sezişsa, umuman işga çiqmasliklari kerak.


















