Niğmatilla Yöldoşev qonunçilikka kiritilgan özgartirişlar, jumladan Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa soliş) sanksiyasida ozodlikdan mahrum qiliş jazosi 7 yildan 10 yilga uzaytirilganini qayd etdi.

Boş prokuror sodir etilgan öta oğir jinoyatlar böyiça ayrim tergov harakatlari – voqea joyini közdan keçiriş, tergov ekspertizasi, voqea sodir bölgan joyga çiqqan holda örganiş kabilar videoyozuvga tuşira boşlanganiga e'tibor qaratdi; tergov hibsxonasi va tergov izolyatori, vaqtinça uşlab turiş xonasi va jazoni ijro etiş muassasalarida 3 mingdan ortiq ham audio, ham video yozuv uskunalari örnatilganini ta'kidladi.

Yöldoşevning sözlariga köra, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining xatti-harakatlari böyiça kelib tuşadigan barça xabarlar yuzasidan inspeksiya xodimlari iş olib boradi; nomunosib yöllarga kirganlar aniqlanib, «tozalaş işlari» olib boriladi.

«Konstitutsiyada va barça qonunlarda inson huquqlari, şa'ni eng oliy qadriyat sifatida belgilangan. Uni kamsitiş, huquqlarini buzişga heç bir idoraning, hatto huquqni muhofaza qiliş organlarining ham haqqi yöq.

Biz prokuror sifatida bu borada kelib tuşgan barça murojaatlarni sinçkovlik bilan örganib, inspeksiya tomonidan ötkazilgan xizmat tekşiruvi materiallari bilan tanişib, huquqiy baho beramiz. Bironta holat nazardan çetda qolmaydi», deya Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Boş prokurorning fikriça, qiynoqqa soliş holatlari öz kasbida yetarli malakaga ega bölmagan xodimlar tomonidan sodir etiladi.

«Tergovda qiynoqqa soliş böyiça qonun buziliş hollari öz kasbida yetarli tajriba, malakaga ega bölmagan, saviyasi past xodimlar tomonidan sodir etilişini ham alohida ta'kidlaş kerak. Ular qonuniy yöl bilan jinoyatni foş qiliş yölini bilmagani uçun şunga qöl urişadi», – dedi u.

Niğmatilla Yöldoşev misol sifatida şu yil boşida Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida röy bergan voqeani tilga oldi.

«Çiroqçi tumanida tuman içki işlar bölimining ikki nafar xodimi – Jonqobilov va Oblayevlar öğrilikda gumon qilingan fuqaroni içki işlar binosida ayovsiz kaltaklab, şafqatsizlarça tan jarohati yetkazib öldirişgan. Oqibatda uning 4 nafar farzandi yetim bölib qoldi.

Ular jazosini oladi, lekin bu bilan nima önglanib qoladi? Şu nuqtayi nazardan, davlat rahbari tomonidan bunday holatlarning  sabablarini aniqlaş, keyinçalik yöl qöymaslik uçun tergov, tergovgaça tekşiruv va suriştiruv işlarini takomillaştiriş topşiriği berildi. Bu böyiça prezident farmoni va qarori loyihalari işlab çiqilgan», – dedi Boş prokuror.