Jazoni ijro etiş muassasalarida, tergov izolyatorlarida, maxsus hibsxonalarda qiynoqqa soliş holatlari köpayib bormoqda. 2017 yilda 7ta, 2018 yilda 10ta, 2019 yilda 16ta qiynoqqa soliş bilan boğliq jinoyat işi qözğatilgan.

Boş prokuraturada 29 may kuni bölib ötgan brifingda Kun.uz muxbiri mutasaddilar xizmat mavqeidan foydalanib jinoyat izlarini yaşirişi yoxud tanada iz qoldirmaydigan usullardan foydalanişi mumkinligiga e'tibor qaratib, mas'ul xodimlar va uşlab turilgan şaxslarning mavqei qaçon tenglaştirilişi bilan qiziqdi.

Boş prokuror örinbosari Svetlana Ortiqovaning aytişiça, qiynoq bilan boğliq jinoyatlarni sodir etişda aybdorligi isbotlanib, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan şaxslarning aksariyati IIV va DXX xodimlaridir.

“Huquqni himoya qiluvçi har bir idoraning tergovi ustidagi nazorati prokuror zimmasiga yuklatilgan. Tergov xibsxonalarida mahkumning huquqlari buzilsa, deylik, unga öz vaqtida advokatdan foydalaniş huquqi taqdim etilmasa, körsatma oliş vaqtida kuzatuv moslamalarini öçirib qöyiş holatlari kuzatilsa yoxud uşlab turilgan şaxslar va mahkumlarning huquqlari boşqaça körinişda tahqirlansa, prokuratura organlari tomonidan albatta jinoyat işi qözğatiladi. Bunday toifadagi jinoyat işlari tergovini prokuratura amalga oşiradi va işni albatta sudga oşiradi.

Men qançasi öz tasdiğini topib, sudga oşirilgani bilan boğliq raqamlarni ham aytdim. Qonuniy kuçga kirgan hukmlar ham mavjud. Hatto bitta holatni ham favqulodda vaziyat deb qabul qilişimiz kerak. Kim murojaat qilgan bölsa, uni haqqoniy yoziş kerak.

Svetlana Ortiqova

Xabaringlar bor, yaqinda sud jarayoni davrida bir guruh şaxslar qiynoqqa solindi deb advokatlar ham çiqdi, jinoiy javobgarlikka tortilgan şaxslar ham çiqdi. Darhol tezkor-qidiruv guruhi taşkil qilinib, öşa faktlar tekşirildi. Hattoki saraton kasalligiga çalingani qiynoq holati bilan boğliq bölmagani aniqlanib, faktlar öz isbotini topmadi. Agar faktlar öz isbotini topsa, kim bölişi, qaysi lavozimga egaligidan qat'i nazar, u albatta javobgarlikka tortiladi. Jamiyat, xalq oldida keyinçalik ham mana şu toifadagi lavozimlarga ega bölmaydi. Öşanday şaxslar tizimga qayta kirmaydi”, deya Svetlana Ortiqovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.