– «Sardoba» fojiasi röy berganiga ham bir oydan oşdi. Hodisa yuzasidan jinoyat işi oçildi. Mazkur işga aloqador bölgan ikki kişi allaqaçon hibsga ham olindi. Tergov jarayoni davom etmoqda.
Fojia sabablari hukumat tomonidan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan ham örganilmoqda. Özingizning ta'biringiz bilan aytganda, masalaning bu tarafini mutasaddilarga qöyib beraylik-da, siz bilan fojiani yuzaga keltirgan omillar haqida gaplaşsak.
Kun.uz’da e'lon qilingan maqolangizda suv omboridagi falokatga loyihalaş jarayonidagi xatolar sabab bölgan bölişi mumkinligini bayon qilgansiz. Ammo biz suhbatlaşgan mutaxassislar loyihalarda, odatda, hisob-kitoblar ortiği bilan közda tutilişi, fojiaga katta ehtimol bilan qurilişdagi xatolar sabab bölganini aytişdi. Bu fikrga qöşilasizmi? Falokat loyihalaş çoğidagi xatolar tufayli sodir bölgani mutaxassis sifatidagi taxminingizmi yoki qölingizda bu borada qandaydir ma'lumotlar bormi?
– Albatta, men Özbekistondagi har bir mutaxassis fikrini hurmat qilaman. Balki ular loyiha jarayonida xatoliklar bölmasligini aytişganida qöllarida şunga yaraşa ma'lumot, asos bölişi mumkin. Şuning uçun ularning fikriga qarşi çiqmoqçi emasman. Biroq öz tajribamdan kelib çiqib aytişim mumkinki, loyihalaş davri juda murakkab jarayon hisoblanadi.
Kanadada bölganim uçun dunyodagi juda maşhur, nomdor injyenering-konsalting firmalari bilan hamkorlik qilaman. Ular şu darajada maşhurki, boşqa köp davlatlarda öz ofislariga ega. Şunday bölsa-da, ular tayyorlagan loyihaning sifatini, standartlarga mos kelişini kimdir tekşirişi kerak. Men şunday iş bilan şuğullanaman. Bunday firmalar loyihaning birinçi xomaki varianti tayyor bölgaç, bizga yuborişadi. Hatto öşa nomdor injyenering kompaniyalarining ham işida önlab, ba'zida undan ham köp xatolar topiladi. Biz esa xatolarni şarhlagan holda ularga qaytaramiz. Firmalar ular ustida işlaşga, kamçiliklarini töğrilaşga yana kamida 3-4 oy vaqt sarflaydi.


















