Dastlab, 20 iyul kuni Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayev pandemiya tufayli keçayotgan oğir vaziyat va şunday paytda ham tez yordam xizmati uçun avtomobillarini juda qimmat narxda sotişda davom etayotgan «UzAuto Motors»ga jiddiy e'tirozlarini bildirgandi.
Deputat bu borada Farğona viloyati hokimligi viloyat aholisi uçun 20ta yangi «Damas»ning har birini 75 mln söm atrofidagi narxda sotib olib, «Tez yordam»ga topşirganini misol sifatida keltirgandi.
«Ayrim siyosatçilar uçun populizm asosiy, ba'zida esa, yagona qurol bölişini yaxşi tuşungan holda», milliy avto işlab çiqaruvçi «Özavtomotors» deputatning e'tiroziga javob qaytardi. Xususan, «Özavtosanoat» korxonalari tomonidan «Özbekiston mehr-şafqat va salomatlik» jamoatçilik fondiga 1 milliard sömdan ziyod mablağ, respublikaga xorijiy hamkorlaridan 2 milliard sömlik tibbiyot jihozlari keltirilgani eslatildi. Xullas, kompaniya turli raqamlar bilan pandemiyada öz hissasini qöşganini iddao qildi.
Şundan söng, deputat «UzAuto Motors »ga qarşi navbatdagi bayonoti bilan çiqdi. U «Özavtosanoat» AJ nomidan xayriya qilingan işlarni «UzAuto Motors» kompaniyasi «öz hisobiga yozib qöyişi»ni savol ostiga oldi va kompaniyani «sotilmay çiriyotgan avtomobillarni yanayam arzon qilib» sotişga çaqirdi.
Kuşerbayev masalani taşlab qöymadi: u 23 iyul kuni MY5 telekanalidagi «Markaziy studiya» dasturi mehmoni bölib, kompaniya vakillari «keyinçalik özgarişlar böladi», deya bergan va'dalari quruq va'daligiça qolib ketayotganini eslatib ötgan.
Köp ötmay Oliy Majlis deputatlari Rasul Kuşerbayev, Doniyor Ğaniyev va Nodir Jumayev tomonidan «Parlament nazorati» şaklida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Najmiddin Şaripovga tegişli deputatlik sörovi yuborildi.











