Davlat statistika qömitasi axborotiga köra, taşqi savdo aylanmasida eksport hajmi 15,2 milliard AQŞ dollarini taşkil qilgan. Şundan 5 milliard 804 million AQŞ dollarini (38,3 foiz) oltin taşkil qilgan. Ötgan yil davomida oltin eksport qiliş 2019 yilning mos davriga nisbatan 18 foizga oşgan. 2020 yil eksportida oltin inobatga olinmasa, mos ravişda respublika taşqi savdosidagi eksport hajmi 25,7 foizga (oltinni hisoblaganda 13,4 foizga) kamaygan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, 2019 yilda oltin eksporti 4 milliard 918 million AQŞ dollarini taşkil qilgandi.

Qömita axborotida 2020 yil iyul hamda avgust oylarida oltin eksportining oşgani qayd etilgan.

2020 yil avgust oyi boşida oltin narxi tarixda ilk marta unsiyasi uçun 2000 dollardan oşib, rekord darajada – 2067 dollarga kötarilgandi.

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov öşanda Özbekiston «köp oltin sotib yuborgani» haqidagi gaplarga munosabat bildirib, bu MBning normal funksional vazifalaridan biri ekanini ta'kidlagandi.

«Biz oltin-valuta zaxiramiz tarkibini özgartirib turiş vakolatiga egamiz va buni mustaqil ravişda ajratamiz. Agar oltin narxi jahon bozorida tuşib ketadigan bölsa va biz kelgusida oltin narxi oşişini kutayotgan bölsak, oltinni sotmasligimiz ham mumkin», – degandi Nurmuratov.

Özbekiston 2020 yil avgust oyida rekord darajada oltin sotgaç, uşbu qimmatbaho metallni sentyabr oyida deyarli eksport qilmagan.

Oltin eksportining köpligiga qaramay, 2020 yil boşida 29,1 milliard dollarni taşkil etgan Özbekiston xalqaro zaxiralari yil yakuniga kelib, 34,9 milliard  dollarga yetgani ma'lum qilingandi