GSP+ dasturi Yevropa Ittifoqi bozorlariga rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan qişloq xöjaligi mollari va boşqa ayrim mahsulotlar eksportiga berilgan imtiyozlardir.

Dasturga töliq a'zo bölgan davlat Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona tölovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar böyiça eksport qiliş imkoniyatiga ega böladi.

GSP+ dasturiga kirişdan manfaatdor mamlakat muayyan şartlarni bajarişi talab etiladi. Jumladan, inson huquqlari va asosiy mehnat standartlari sohasida 16 ta, atrof-muhitni muhofaza qiliş va samarali boşqaruv sohasida 11 ta – jami 27 xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilişi va samarali amalga oşirişi lozim.

Hozirda bu dasturga faqat 8 ta: Armaniston, Boliviya, Kabo Verde, Qirğiziston, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Şri Lanka davlatlari töliq a'zo hisoblanadi.

Özbekiston hukumati Yevropa Ittifoqining Umumiy imtiyozlar tizimi (GSP+) benefitsiari maqomini oliş uçun ariza bergan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş va mahalliy mahsulotlarning Yevropa bozoriga kirib boriş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi GSP+ dasturiga töliq a'zo böliş harakatlarini olib bormoqda.

Vazirlik ma'lumotlariga köra, Özbekiston talab qilingan 27 ta konvensiyaning hammasiga qöşilgan va imzolangan konvensiyalar böyiça Yevropa Ittifoqining majburiyatlarni bajarişga oid sörovnomasiga javob yöllangan.

2020 yil noyabrda Yevropa komissiyasi Özbekiston tomonidan (GSP+) preferensiyalar boş tizimida plyus benefitsiar mamlakati maqomini oliş uçun yuborilgan ariza böyiça muddatidan oldin ijobiy qaror qabul qildi