Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunning yangi tahririda nazarda tutilgan eng muhim özgarişlardan bir neçtasini aytib ötdi. Xususan, hujjat bilan 20dan ortiq strategik korxonalar xaridlari nazoratga olinadi va ma'lumotlar oçiqlanişi ta'minlanadi.

Strategik korxonalar xaridlari nazoratga olinadi

«Qonun bilan Özbekistonning eng yirik 24ta strategik korxonalari qamrab olinadi. Masalan, toğ-kon sanoatida, metallurgiya, aviatsiya, transport, neft-gaz kabilar. Bularning hammasi juda katta strategik korxonalar bölgani uçun oldingi qonunda ularga yengillik berilgan. Ya'ni özlarining xaridlarini oson va tezda-tezda amalga oşirişgan. Endilikda mana şunday korxonalar ham qonun bilan jamlab olinyapti. Çunki strategik korxonalar xaridlarining kölami boşqa barça budjet korxonalar xaridlari kölami bilan teng», – dedi vazir örinbosari.

Ma'lum qilinişiça, davlat xaridlarining 50 foizga yaqinini strategik korxonalar xaridlari taşkil etadi. 2019 yilda 50 trillion söm strategik korxonalar, 50 trillion söm esa boşqa davlat korxonalari davlat xaridlarini amalga oşirgan. 2021 yilda ham şunday miqdor saqlanib qoladi.

Jamoatçilik nazorati kuçaytiriladi

Moliya vaziri örinbosari Odilbek Isoqov

Vazir örinbosariga köra, ikkinçi katta özgariş xarid qiliş jarayonida yengilliklar berişdan iborat.

«Oçiqlik, şaffoflik, korrupsiya omilini kamaytiriş böyiça köp işlar qilindi. Xususan, jamoat nazoratini şakllantiriş uçun butun ma'lumotlar portali oçiq qilindi. Hamma nazoratdan köra ham eng kuçlisi – jamoatçilik nazorati.

Şuning uçun bizning bundan keyingi yönalişimiz jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, yanada köproq ma'lumotlarni oçiş va barça xarid tartib-tamoyillarini 100 foiz elektron qiliş böladi.

Elektron bölganidan keyin barça tadbirkorlar, qatnaşçilar uçun ma'lumotlar oçiq böladi. Bu ham korrupsion omillarning oldini olişga, eng maqbul narxlarda tovar va xizmatlarni sotib olişga xizmat qiladi», – dedi vazirlik rasmiysi.

Qonunga afillanganlik töğrisida norma kiritilmoqda