Eksportçi korxonalarga yengilliklar berildi
“Eksportçi korxonalarni rağbatlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi.
Unga muvofiq, yillik eksport hajmi 20 million dollardan oşgan korxonalarga bir martalik moliyaviy resurslar 5 mln dollar miqdorida taqdim etiladi. Ayrim korxonalarga bojxona tölovlarini 120 kungaça keçiktirib tölaşga ruxsat beriladi. Ayrim mahsulotlar importida milliy sertifikat oliş tartibi bekor qilinadi.
«Fuqarolar taşabbusi» jamğarmasiga hammasi bölib 292,2 mlrd söm mablağ yönaltirildi
Taşabbusli budjetga aholi tomonidan yuborilgan taşabbuslarga ovoz beriş yakunlandi, 205ta tuman va şaharda jami 881ta taklif ğolib deb topildi.
Fuqarolar yuborgan taşabbuslarni moliyalaştiriş uçun 292 mlrd söm mablağ ajratildi.
Taşabbusli budjet: Çilonzor tuman hokimligiga oşxona quriş uçun 1 mlrd söm taşabbusi muhokamalarga sabab böldi
Toşkent şahar Çilonzor tuman hokimligiga oşxona quriş uçun 999 mln söm pul ajratiş taklifi “Taşabbusli budjet” loyihasida ğolib çiqdi. Mavzu ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarni keltirib çiqardi va bu taşabbus uçun pul ajratilmaydigan böldi.
Moliya vazirligi taşabbuslar ijtimoiy ahamiyatidan kelib çiqib moliyalaştirilişini ma'lum qildi.
Avgustda biznesning inflyatsion kutilmalari oşdi
Avgustda aholining inflatsiya böyiça kutilmalari 16 foiz, biznesning kutilmalari esa 16,1 foizni taşkil etgan. Iyul oyida esa bu körsatkiç, biznesda 14,9 foiz, aholida esa 16,1 foiz bölgan.
















