Kambağallar soni 2022 yilda hisoblab çiqiladi
Hukumat qaroriga muvofiq minimal iste'mol xarajatlari kambağallikning rasmiy çegarasi sifatida belgilandi. Rasmiylarga köra, 2021 yilda 10 ming xonadonda sörovnoma yakunlangaç, ijtimoiy himoya reyesteri orqali kambağallar soni hisoblab çiqiladi.
Özbekistonda oltin uçun ETFlar paydo böladi
Özbekistonda birja investitsion fondlari (ETF), şu jumladan, oltin uçun ham ETFlar paydo bölişi kutilmoqda.
Şuningdek, “Kapital bozori töğrisida”gi qonun qabul qilinişi ma'lum qilindi.
Tadbirkorlarga 9 trln sömdan ortiq QQS qaytarildi
2021 yilning ötgan davrida tadbirkorlik sub'yektlarining 9,8 mingta murojaati böyiça 9 trln söm mablağ qaytarib berilgan. Şuningdek, tahlika-tahlil dasturi orqali soliq tölamaslik xavfi yuqori bölgan 802 ta “şubhali” korxonalar röyxati şakllantirilgan.
Ayrim hududlarda alohida soliq rejimi kiritildi
Alohida hududlarga Farğona viloyatining ayrim tumanlari kiritildi. Ularda foyda va daromad soliği, aylanmadan olinadigan soliq stavkalari 1 foiz, şuningdek, ijtimoiy soliq yuridik şaxslar uçun 1 foiz, YaTTlar uçun esa BHMning 1 barobari miqdorida belgilandi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun ijtimoiy soliq 2 barobarga pasaytiriladi
2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toşkent şahri bundan mustasno) faoliyat yurituvçi YaTTlar belgilangan ijtimoiy soliq stavkasini ikki baravarga pasaytirilgan holda tölaydi.

















