«2 mingdan ortiq masjidlarimizda aytilayotgan azonlar – bunga muştoq bölgan insonlarning qalblariga malham, ularning dillarini quvnatuvçi nur bölib kirmoqda. Bu ham Alloh taoloning möminlarga ulkan bir ne'matidir. Gözal masjidlarimiz insonlarning tafakkuriga yaxşi ta'sir qiladi, odamlar u yerdan ibrat va namuna oladi. Bundan taşqari, masjidlar şaharlarning körkidir», – deydi Sahobiddin domla.

Şavkat Mirziyoyev marhum şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining mehnatlarini e'tirof etib, Toşkent şahrida uning nomida katta masjid qurilişiga taşabbuskor böldi. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad asos solgan «Hilol naşr» naşriyotida esa Özbekistonda tarixida ilk bor Muşafi şarif – Qur'oni Karim çop qiliş boşlandi.
2018 yilda prezident taşabbusi bilan tuman, viloyat va respublika bosqiçlarida Qur'on musobaqasi ötkazildi.
«Alloh taolo Qur'oni Karimda «Agar sizlar Allohning bergan ne'matlariga şukr qilsangiz, uni men ziyoda qilaman» (Ibrohim surasi, 7-oyat) – deya marhamat qiladi. Xalqimiz şukr va duoda böldi, natijada 2018 yil juda yuqori saviyada respublika miqyosida «Qur'oni Karim - 2018» musobaqasi hamda «Hadis ilmi», «Arab tili bilimdoni» musobaqalari taşkil qilindi. Respublika miqyosida oliy örin olgan Qur'on hofizlari «Prezident sovğasi» bilan taqdirlandi.
Bundan taşqari, hozirgi kunda 17 mingdan ortiq yurtdoşlarimiz «Qur'on va tajvid» kurslarida öqimoqda», deydi domla.
Şuningdek, Toşkentda prezident taşabbusi bilan Islom ilmlarining rivojlanişi va boy tarixiy merosimizni örganişga möljallangan Islom sivilizatsiya markazi qurilmoqda.












