Ukrainada uruşning 301-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy uruş boşidan buyon ilk xorijiy safarini AQŞga amalga oşirdi. U Jo Bayden bilan uçraşdi va Kongress qarşisida çiqiş qildi;
- AQŞ Ukrainaga 1,85 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi haqida rasman e’lon qildi. Bu paket doirasida Ukrainaga ilk bor Patriot tizimlari yetkazib beriladi — bu Ukraina ança vaqtdan buyon sörab kelayotgan raketa hujumlariga qarşi mudofaa tizimi hisoblanadi. Bayden ham Patriot yetkazib berilişini tasdiqladi.
- Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu harbiy çaqiruv yoşini bosqiçma-bosqiç oşirişni taklif qildi – muddatli harbiy xizmatga hozirgidek 18 yoşdan 27 yoşgaça emas, balki 21 yoşdan 30 yoşgaça olişni. U şuningdek qurolli kuçlar sonini 1,5 million kişiga yetkaziş (350 mingga köpaytiriş) taşabbusini bildirgan;
- Mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yiğilişida Vladimir Putin ham çiqiş qildi — xususan, u «mamlakat barçasini berişi» va qurolli kuçlarni moliyalaştirişda heç qanday çeklov bölmasligini aytdi;
- Donetskda «Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin yaralandi. Baza ma’lumotiga köra, u tuğilgan kunini nişonlayotgan restoran öqqa tutilgan. Rogozinning özi bel sohasidan yaralanganini ma’lum qilgan. Şifokorlar Rogozinning umurtqasidan snaryad parçasini olib taşlolmagan;
- Davlat dumasi qöporuvçilik hamjamiyati taşkil etiş, diversiya harakatlariga öqitiş, ularga kömaklaşiş, moliyalaştiriş hamda tarğib etiş uçun umrbod qamoq jazosi qöllaşni közda tutuvçi qonunni qabul
































