Ukrainada uruşning 322-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Vagner» asosçisi Yevgeniy Prigojin uning bölinmalari Soledarning butun hududini nazorat qilayotgani va şahar «töliq ozod» etilib, Ukraina qurolli kuçlarining 500 nafar harbiysi öldirilganini aytdi. Ukraina tomoni Prigojinning bayonotini rad etib, şahar uçun hamon oğir janglar davom ettirilayotganini ma’lum qildi.
  • Rossiyaliklar Xerson markazini öqqa tutişi oqibatida perinatal markaz binosi şikastlandi. Binoda yonğin boşlangan, portlaş tölqini bölalar bölimidagi derazalarni tökib taşlagan. Xodimlardan biri yengil tan jarohati olgan.
  • Volodimir Zelenskiy «Oltin globus» taqdimot marosimida videoaloqa orqali çiqiş qildi. U «uçinçi jahon uruşi bölmasligi», çunki «Ukraina Rossiya agressiyasini töxtatişi»ni aytdi.
  • Ukraina prezidenti şu kuni Lvivga taşrif buyurdi. Bu yerda u uruşda halok bölgan ukrain harbiylarini xotirladi va Polşa hamda Litva prezidentlari bilan uçraşdi. Polşa prezidenti Andjyey Duda Ukrainaga Leopard tanklari rotasi yetkazib berilişini va’da qildi.
  • Safarbarlik çoğida «Patriot» markazida komandiri bilan bahslaşgan Aleksandr Leşkov beş yil-u olti oyga qat’iy rejimli koloniyaga ozodlikdan mahrum qilindi.
  • RF qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov RFning Ukrainadagi birlaşgan qöşinlari qömondoni etib tayinlandi. General Surovikin uning örinbosariga aylandi.

Soledar uçun jang

9 yanvar kuni Ukraina Rossiyaning «DXR» hududidagi qöşini (asosan «Vagner» guruhi yollanma jangçilaridan iborat) Donetskdan 100 kilometr, Baxmutdan esa 16 kilometr masofada joylaşgan Soledar şahrini şturm qilişga kirişgani haqida xabar berdi. 10 yanvar tongida Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi vagnerçilar katta ehtimol bilan Soledarning aksar qismini nazoratga olganini xabar qildi, keyingi kuni esa xususiy harbiy kompaniya asosçisi Yevgeniy Prigojin şahar töliq egallangani haqida hisobot berdi. Ammo Ukraina qurolli kuçlari bu ma’lumotlarni tasdiqlamayapti va Soledarning ğarbiy çekkasida mudofaa janglari davom ettirilayotganini