Ukrainada uruşning 327-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Dniprodagi turar joyga raketa zarbasi oqibatida halok bölganlar soni 44 nafarni taşkil etmoqda. Ukraina qurolli kuçlari uşbu raketa zarbasiga aloqador rossiyalik harbiylarni aniqladi.
  • Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan telefon orqali Rossiya va Ukraina örtasida asirlar almaşinuvi masalasini muhokama qildi. Turkiya ombudsmeni Şarifa Malkoçning ma’lumotiga köra, tomonlar 1000 nafardan asir familiyasini özaro almaşgan.
  • Sevastopolning Kreml tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvozjayevning ma’lum qilişiça, şahar hududida havo hujumidan mudofaa kuçlari ukrainlarning önta dronini urib tuşirgan.
  • Belarusda Rossiya bilan hamkorlikda harbiy aviatsiya maşğulotlari boşlandi. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi hisoblaşiça, Rossiya Belarus hududiga qöşimça samolyotlar jönatgan.
  • Özini «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi şturmçi otryadi sobiq komandiri deb atagan Andrey Medvedev Norvegiyaga qoçib ötdi va Yevgeniy Prigojinga qarşi körsatma berişga tayyorligini aytdi. Prigojinning özi Norvegiya naşrlariga Medvedev Norvegiya fuqaroligiga egaligi va norveglarning «Nidhyogg» XHK bataloni a’zosi hisoblanişini aytdi.

Luhansk oblastida oldingi çiziqdagi ukrain şifokorlari

Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gaydayga köra, rossiyaliklar Luhansk oblastining Kreminna şahriga katta miqdorda zaxira kuçlarini taşlamoqda, bu yerga desantçilar va muntazam bölinmalar yuborilmoqda. Şuningdek Gaydayning tasdiqlaşiça, hozirça Ukraina qurolli kuçlari Kreminna şahriga hujum qilişda davom etayotgani, rossiyalik harbiylar esa Luhansk oblasti şahriga kiriş va çiqişni yopib qöyganini aytdi.

Amerikadagi Uruşlarni tadqiq etiş instituti tahlilçilari hisoblaşiça