9 yanvardan Özbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib keldi. Barça hududlarda qor yoğib, havo harorati keskin tuşib ketdi. Yöllarda muzlamalar paydo böldi, transportlar harakati oğirlaşdi. Sovuq ob-havo sababli hatto poyezdlar yölda töxtab qoldi, mahalliy va xalqaro aviareyslar keçiktirildi.

Eng asosiysi esa tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minotida tom ma’nodagi inqiroz yuzaga keldi. Ayniqsa, poytaxtning köplab tumanlari sutkalab gazsiz va elektr tokisiz qoldi.

Prezidentning boş vazirga topşiriği

Aslida prezident elektr va gaz muammolarini hal qiliş böyiça 2022 yilning dekabr oyi boşidayoq boş vazirga topşiriq bergan edi. Xususan, 2022 yil 7 dekabrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda kutilayotgan natijalar va energetikadagi mavjud vaziyat böyiça yiğiliş ötkazilgan.

Yiğilişda prezident topşiriğiga asosan elektr va gaz muammolarini hal qiliş, mavjud vaziyatni yumşatiş, tezkor çoralar köriş uçun boş vazir Abdulla Aripov boşçiligida hukumat işçi guruhi tuzilgani ma’lum qilingan.

Işçi guruhga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • respublika hududida energiya taqçilligi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni qisqa muddatlarda çuqur tahlil qiliş va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça tezkor çoralar körib boriş;
  • elektr energiyasi va gazni birinçi navbatda aholiga yetkazib beriş zaruriyatini e’tiborga olgan holda, mavjud energiya resurslarini muvozanatli taqsimlab boriş va uşbu jarayonni qat’iy nazorat qiliş;
  • elektr energiyasi va gaz taqçilligi şaroitida muqobil energiya mahsulotlari bilan aholini va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz ta’minlaş işlarini jadallaştiriş;
  • ijtimoiy obektlar, jumladan ta’lim va soğliqni saqlaş muassasalarining barqaror faoliyat yuritişini ta’minlaş yuzasidan zarur mablağlar ajratib boriş va ularning maqsadli işlatilişi ustidan qat’iy nazorat örnatiş;