Ukrainada uruşning 346-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya va Ukraina asirlar almaşinuvi ötkazdi. RF mudofaa vazirligi 63 harbiy ozod etilgani, ular orasidagi ayrimlar «muhim toifa»ga mansubligini aytgan. Ukraina prezidenti ofisi rahbari 116 kişi asirlikdan uyga qaytgani haqida ma’lumot bergan.
  • «Ukrenergo» nimstansiyasida kun davomidagi ikkinçi avariya oqibatida Odessa töliq elektrdan uzildi.
  • Belgorod oblastining Borisovka qişloğida zarbalar oqibatida zavodda yonğin çiqdi, bu yerda Qrim köprigi uçun ham konstruksiyalar işlab çiqarilgan. Region rahbari çeklanmagan muddatga terrorçilik tahdidining «töqsariq» darajasini e’lon qilgan.
  • AQŞ boş prokurori «Tsargrad» telekanali asosçisi Konstantin Malofeyevning musodara qilingan 5,4 million dollar mablağini «Ukraina xalqini qöllab-quvvatlaş uçun» Davlat departamentiga yönaltirişga ruxsat berdi. Bu Amerika hukumatining sanksiyalar ostidagi rossiyaliklarning aktivlari böyiça ilk şunday qarori böldi.
  • Kanada Rossiyadagi jurnalistlar, naşrlar va artistlarga «dezinformatsiya va propaganda tarqatganlik» uçun sanksiyalar qölladi. Dima Bilan, Polina Gagarina va Mixail Galustyan kabilar ham sanksiyaga uçragan.
  • Bloomberg ma’lumotiga köra, Germaniya Şvetsiya hukumatidan nemislar tomonidan işlab çiqarilgan IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimlari va ular uçun raketalarni Ukrainaga yuborişni söragan.
  • YeI Rossiya neft mahsulotlari uçun bir barrelga 100 dollar darajasida yuqori narx belgilab qöydi. «Katta yettilik» mamlakatlari ham şunday çeklovlar borasida kelişib olgan.

Ukraina va Rossiya örtasida harbiy asirlar almaşinuvi. 

Navbatdagi almaşinuv doirasida Ukraina qurolli kuçlari nazoratidagi hududga ötgan ukrainalik harbiy asirlar. 2023 yil 4 fevral
Ukraina boş ştabi matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA