Ukrainada uruşning 351-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Volodimir Zelenskiy Yevropa parlamentida çiqiş qildi va Yevroittifoqni Ukrainaga harbiy yordamni oşirişga çaqirdi. Uçraşuvdan keyin prezident qiruvçilar yetkazib beriş masalasida «ma’lum ijobiy yeçimlar» borligini aytib ötdi.
  • Rossiya armiyasining Ukrainaga bosqin boşidan buyon halok bölgan generallari soni 20 nafardan oşgan. Yaponiya razvedkasi AQŞ va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikda olingan ma’lumotlarga asoslangan holda şunday raqamlarni keltirgan.
  • Rossiya harbiylari amalda Luhansk oblastida keng kölamli yurişni boşladi. Bu haqda region harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, RF armiyasining asosiy e’tibori Kreminna yönalişiga qaratilgan, ammo Rossiya bu yerda muvaffaqiyatga erişa olmayapti.

Kun kadri. Donbassdagi ukrain artilleriyaçilari 

Donetsk oblastida kun botişi çoğida Ukrainaning öziyurar gaubitsasi. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko sönggi kunlarda butun front çiziği böylab harbiy harakatlar eskalatsiyasi kuzatilayotganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, regiondagi şahar va qişloqlar yanada intensivlik bilan öqqa tutilmoqda. Şu bilan birga Kirilenko Rossiyaning yurişlari hozirça muvaffaqiyat keltirmayotgani va Ukraina armiyasi RF qöşinlari hujumlarini qaytarayotganini qayd etgan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Qamaldagi Baxmut hayoti

Rossiya qöşini Donetsk oblastidagi Baxmut şahrini 2022 yil iyulidan buyon qamal qilmoqda, ammo şaharni ololmayapti. Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina qurolli kuçlari uni strategik ahamiyati tufayli emas (prezidentning qayd etişiça, şahar yarim yillik qamal çoğida «butkul vayron bölgan»), balki Rossiya Baxmutni egallagaç, «yanada uzoqroqqa borişni xohlab qolişi»ga yöl qöymaslik uçun mudofaa qilmoqda.