Özbekiston konstitutsiyasining 1 maydan kuçga kirgan yangi tahririda söz erkinligi va ommaviy axborot vositalariga doir moddalarida ham ayrim özgarişlar röy bergan.
Avvalgi tahrirning 29-moddasida quyidagiça belgilangan edi:
Har kim fikrlaş, söz va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim özi istagan axborotni izlaş, oliş va uni tarqatiş huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarşi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boşqa çeklaşlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritiş va uni ifodalaş erkinligi faqat davlat siri va boşqa sirlarga taalluqli bölgan taqdirdagina qonun bilan çeklanişi mumkin.
Bu qoidalar yangi konstitutsiyaning 33-moddasida quyidagiça tarzda aks etdi:
Har kim fikrlaş, söz va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlaş, oliş va tarqatiş huquqiga ega.
Davlat internet jahon axborot tarmoğidan foydalanişni ta’minlaş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
Axborotni izlaş, oliş va tarqatişga bölgan huquqni çeklaşga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining soğliğini, ijtimoiy axloqni, boşqa şaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlaş, şuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sir oşkor etilişining oldini oliş maqsadida zarur bölgan doirada yöl qöyiladi.
Ayni paytda, söz erkinligi huquqining çeklanişiga asos böladigan “ijtimoiy axloq” tuşunçasiga aniqlik kiritiş talab etiladi. Bunga qadar Özbekiston qonunçiligida bunday tuşunça yöq edi. Jamoat tartibini saqlaş maqsadida söz erkinligi çeklanişining me’yorlari ham aniq huquqiy tavsiflanmagan. Şu örinda, yangi konstitutsiyaga binoan, barça noaniqliklar inson foydasiga hal etilişini eslatib ötiş örinli.
Avvalgi tahrirning 67-moddasi ommaviy axborot vositalariga bağişlangan va u quyidagiça edi:













