Bir neça ön yillar oldin katta ta’sirga ega bölib, keyin kuç tuzilmalari tomonidan tiyib qöyilgan köça jinoiy guruhlari sönggi vaqtlarda yana faollaşib qolgani ma’lum bölmoqda. Oxirgi bir neça kun içida Özbekistonda jinoyat olamining önlab vakillari qölga olinib, ular ustidan tergov harakatlari boşlandi.

Köça zöravonlari hibsga olinayotgani haqidagi xabarlar internetda ilk marta 28 noyabrda paydo bölgandi. Öşa kuni Toşkentda “Baxti Taşkenskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev ismli şaxs qölga olingan. Poytaxt içki işlar boş boşqarmasiga köra, u juda köp miqdordagi tovlamaçilik va giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlarda ayblanmoqda.

52 yoşli Qudratullayev bilan birga, 43 yoşli Dilşod Şaripov va 51 yoşli Anvar Mirzoxonov ismli şaxslar ham tovlamaçilikda gumonlanib hibsga olingan. “Uşbu şaxslar tahdid va kuç işlatiş yöli orqali pul mablağlarini qonunga xilof ravişda qölga kiritiş bilan şuğullangan”, – deyiladi içki işlar boşqarmasi axborotida.

Foto: Toşkent şahar IIBB

Qudratullayev bilan “yaqin jinoiy aloqada bölgani” aytilayotgan Doston Xalilov ismli şaxs esa Farğonada qölga olindi. U Qirğizistonga qoçib ötmoqçi bölgan payt, “Döstlik” çegara postida uşlangan, unga nisbatan bezorilik moddasi bilan jinoyat işi oçilgan.

Doston Xalilov / Foto: Farğona viloyati IIB

Ayni paytda, Toşkentda “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan 36 yoşli Saidaziz Saidaliyev va uning şeriklari ham qamoqqa olingan.

Rasmiylarga köra, u sport bilan şuğullangan jismonan baquvvat şaxslarni öz atrofiga töplab, qator jinoyatlarni sodir etgan. Xususan, qarz bergan odamlarga pul evaziga yollanib, qarzdorlarga tahdid qiliş yöli bilan mablağ undiriş, bezorilik va tamagirlik holatlari şular jumlasidan.