Tadbirkorlar örtasida ötkazilgan sörovlarda ularning 38 foizi islom moliyasi asosida resurs oliş istagini bildirgan.
Bu haqda tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, ötgan oyda mikromoliya taşkilotlariga islomiy şartlar asosida xizmat körsatişga ruxsat berildi.
“Tayyorlangan yangi qonun loyihasi qabul qilinsa, islom moliyasi bilan banklar ham işlaşi mumkin böladi. Bu – yangi moliyaviy xizmatlar taqdim etilişi, köp investorlar kirib kelişi va 5 milliard dollarlik qöşimça resurs paydo bölişiga turtki beradi”, - dedi Prezident.
Avvalroq, Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamroyev islom moliyasi töğrisidagi qonun loyihasi işlab çiqilgani, loyiha yil oxirigaça parlamentga kiritilişini ma’lum qilgandi.
Bazaviy qonunlarimizni 2024 yilda yakuniga yetkazsak, qolgan banklarda ham bu xizmatlar ommalaşişiga ham talab bor, ham şaroit yaratiladi, degandi MB raisi örinbosari.
Özbekistonda islom moliyasi
Özbekiston rasmiylari bank sektori va taşqi savdoni rivojlantiriş maqsadida islom iqtisodi boşqaruvi va islom moliyaviy institutlarini joriy qiliş niyati haqida 2017 yildan buyon aytib keladi.
Kiçik va örta biznesni rivojlantiriş maqsadida Ipak yöli banki Islom taraqqiyoti korporatsiyasidan 2006 yili 2 million, 2010 yil 5 million, 2017 yilda esa 14 million dollar mablağ jalb qilgan.
2018 yil iyul oyidan boşlab yana ikki bank: Trastbank va Infinbank Islom taraqqiyoti korporatsiyasi bilan moliyaviy hamkorlikni yölga qöydi. Köp ötmay, Islom taraqqiyoti korporatsiyasi Özbekistondagi 6ta institut: Kapitalbank, Asakabank, Turonbank, Hamkorbank, Özsanoatqurilişbank, Asia Alliance bank bilan

















