Rossiya yana Özbekistonning içki işlariga aralaşdi: rus tili darsidagi voqeaga siyosiy tus berilmoqda. Soliq tölovçilar hisobidan qurilgan yöllar ham pulli deb e’lon qilinişi mumkin: Toşkentdan Böstonliqqa boradigan yölning bir qismini investorga berişmoqçi. Quriliş sohasida eskrou tizimi: odamlar aldanib qolişdan himoyalanişi aytilmoqda. Haftaning şu va boşqa muhim mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Yöq joydan yasalgan siyosiy mojaro
Toşkentdagi maktablardan birida röy bergan kiçik bir hodisa haftaning boş siyosiy voqeasiga aylandi. Bu mavzuni yuqori lavozimli siyosatçilar Moskvada, hatto Nyu-Yorkda ham muhokama qilişdi. Özbekiston taşqi işlar vaziri rossiyalik hamkasbi bilan yuzma-yuz muloqotda Özbekistonning içki işlariga burun suqmaslikni diplomatik ohangda tuşuntirişiga töğri keldi.
Hammasi 23 sentabr, duşanba kuni Çilonzor tumanidagi 188-maktabdan boşlandi. Maktabga sinov muddati bilan işga taklif etilgan rus tili fani öqituvçisi Ozoda Ravşanova birinçi iş kunida dars payti öziga gap qaytargan 6-sinf öquvçisiga kuç işlatgan. Bundan xabar topgan öquvçining ota-onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Keyinroq sinf rahbari ham bu zöravonlikni oqlab, butun sinf oldida bolani öqituvçidan keçirim söraşga majbur qilgani aytilmoqda.
Holatni Bolalar ombudsmani nazoratga olgan, Çilonzor tuman IIB tergovga qadar tekşiruv ötkazmoqda. Köp ötmay, bu muştumzör öqituvçi hamkasbiga ham zöravonlik qilgani ma’lum böldi. U yuqoridagi voqeaning ertasiga özining qizi öqiydigan Yaşnobod tumanidagi 204-maktabga borib, rahbariyat bilan tortişib qolgan va direktor örinbosariga qöl kötargan. Janjal davomida Milliy gvardiya va içki işlar xodimlarining talablariga ham böysunmagan. Bu qilmişi uçun pedagog çorşanba kuni 7 sutkaga qamaldi. Çilonzordagi holat böyiça, ya’ni öquvçini urgani uçun unga alohida jazo tayinlanişi kutilyapti.
Bu voqealar keng jamoatçilikning zöravonlikni qoralaşi va aybdorlar jazolanişi bilan yakun topişi mumkin edi, lekin masalaga umuman aloqasi bölmagan Rossiya siyosatçilari va mediasi voqeaga xalqaro siyosiy tus berişga qaror qildi. Facebook foydalanuvçilaridan birining yozganlari ular uçun ayni muddao böldi. Keyinroq öçirib yuborilgan postda aytilişiça, öqituvçi rus tili darsini özbek tilida olib borgan, darsni rus tilida ötişni söragan öquvçini esa kaltaklagan. Post muallifiga köra, bolaning ota-onasi öqituvçi bilan telefon orqali gaplaşişganida, u heç narsadan afsusda emasligini bildirib, “Özbekiston özbeklar uçun, qolganlar ketaverişi mumkin”, degan mazmunda gapirgan.
Bu gaplar tez orada köplab rus naşrlarining sarlavhalarida paydo böldi. Qator naşrlar voqeani börttirib, umuman boşqaça talqinda yoritdi. Masalan, Lenta.ru'ning yozişiça, göyoki öqituvçi öquvçini rusça gapirgani uçun urgan. Life naşri esa “Nega Özbekistonda rusofobiya gullab-yaşnayapti?” degan savolni örtaga taşlaydi. RuNews24 axborot agentligi kaltaklangan bolaning millati haqida ma’lumotga ega bölmay turib, “Özbekistonda rus bolalariga qöl kötarilyapti” deb yozib çiqdi. Agentlik Özbekistondagi maktablarda “rusofobiya” darsi ötilyapti, deb da’vo qilişgaça borgan. “Rossotrudinçestvo” agentligi rahbari Yevgeniy Primakov holatni “bolaga nisbatan zöravonlik va agressiya körinişida” namoyon bölgan “qabih rusofobiya” deb atadi.
Rossiya tomonining yöq narsani bor deb körsatişi, albatta, Mariya Zaxarovaning iştirokisiz tökis bölmasdi. RF Taşqi işlar vazirligi sözçisi bayonot berib, Özbekiston tomonidan rasmiy tuşuntiriş beriş söralganini ma’lum qildi. Vazirlik Özbekistonning RFdagi elçisiga taqdimnoma kiritgan. Bu esa yana özbek jamoatçiligining qonini qaynatdi: Özbekistonda, Özbekiston fuqarolari iştirokida röy berayotgan holat böyiça nega endi Rossiyaga izoh berişimiz kerak?
Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov Rossiya tomonining izoh söraşi suveren davlatning içki işlariga aralaşiş ekanini aytib, ularga özlarining yurtidagi “tölib yotgan muammolar bilan şuğullaniş”ni tavsiya qildi. Respublika Ma’naviyat va marifat markazi direktori Otabek Hasanov holatni “milliy nizo uyğotişga uriniş” deb baholadi. Yozuvçilar uyuşmasi raisining birinçi örinbosari Minhojiddin Mirzoning sözlariga köra, Mariya Zaxarova Özbekistondan keçirim söraşi, Rossiya Taşqi işlar vazirligi esa bunday hurmatsizlik uçun tuşuntiriş berişi kerak.
“Nima, ular haligaça Özbekistonni ham özining guberniyasi deb hisoblamoqdami yo andişaning otini qörqoq deb öylaşyaptimi? Bir neça rasmiy, norasmiy şaxslari suverenitetimizni şubhaga oldi, tariximizni kamsitdi, vazmin munosabat bildirdik. Migrantlarni bilgan köyiga solyapti. Indamagan sayin borgan sari haddidan oşişyapti”, – deya yozdi Minhojiddin Mirzo.
Bu gaplarga javoban, Rossiya parlamenti yuqori palatasining xalqaro masalalar qömitasi raisi örinbosari Andrey Klimov Özbekistonga Ukrainaning taqdirini eslatdi. “Bitta mamlakat bor edi, özini uzoq vaqt davomida şunaqa tutgandi. Hozir bu mamlakat ança oğir ahvolda”, – dedi rossiyalik senator. Uning bu tahdidi ham javobsiz qolmadi. “Ukraina misolida qörqitiş Keosyanda rangliroq çiqayotgandi, hamma işni ustalari qilgani ma’qul”, deya Klimovning gaplariga munosabat bildirdi Alişer Qodirov. “Klimov Andrey, kompas olib, şa’malaringiz bilan tört tomonga yöl olişingiz mumkin”, deb yozdi boşqa bir deputat Bobur Bekmurodov.
Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovning sözlariga köra, u juma kuni Nyu-Yorkda rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uçraşuvda davlatlar bir-birlarining içki işlariga aralaşmaslik tamoyiligi amal qilişi muhimligini ta’kidlagan.
Çorvoqqa yöl pulli böladimi?
Yangi qurilajak Toşkent–Samarqand magistral yöli Özbekistondagi birinçi pulli yöl bölmasligi mumkin. Çunki bu yöl to qurib bitkazilgunça, rasmiylar davlatga tegişli tap-tayyor yöllardan birini xususiy kompaniyaga berib, undan yurişni pulli deb e’lon qilişmoqçi. Ularning rejasi amalga oşsa, Toşkentdan Çorvoqqa borişda soliq tölovçilar hisobidan qurilgan yöl uçun pul tölaşga töğri keladi.
Gap Bektemir – Çirçiq – Ğazalkent – Çorboğ avtomobil yölining 6−77-kilometrlar oraliğidagi qismi haqida ketyapti. Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabar berişiça, yölni asfalt-beton qoplama bilan rekonstruksiya qilib, pulli yölga ötkaziş loyihasi körib çiqilyapti. 20 sentabr kuni bu masalada Turkiyaning Onur Group kompaniyasi vakillari bilan muzokara ötkazilgan. Muzokara yakunida loyihani amalga oşiriş böyiça tegişli hujjatlarni tayyorlaş va keyingi qadamlarni belgilab oliş yuzasidan kelişuvga erişilgan.
Özbekistonda pulli yöllar töğrisida hali qonun qabul qilinmagan. Mart oyida e’lon qilingan qonun loyihasida, pulli yöllar biror manzilga eltadigan bepul yöl mavjud bölgan holatdagina, unga muqobil tarzda qurilişi közda tutilgan. Avtomobil yöllari qömitasi raisi Jamşid Tursunov esa Böstonliqqa olib boradigan yölning pulli deb e’lon qilinişini bu prinsipga zid emas deb hisoblamoqda. “Bugungi kunda Toşkent–Böstonliq yölida muqobillik asosida boriladigan bir emas, ikkita yöl bor”, – degan Tursunov Gazeta.uz'ga bergan izohida.
Eslatib ötamiz, poytaxtdan Samarqand va Andijonga pulli yöllar qurilişi haqida 7 yildan beri aytib kelinadi. Bu borada berilgan topşiriqlarning köpi bajarilmagan, belgilangan muddatlar ötib ketgan. Yaqinda çiqqan qarorga asosan, Toşkent–Samarqand pulli yölini quriş böyiça pudratçilar örtasida tanlov sentabr oyi oxirigaça e’lon qilinişi kerak edi. Oy deyarli tugaganidan kelib çiqsak, bu topşiriq ham vaqtida bajarilmasligi haqiqatga yaqin.
Quriliş sohasida eskrou tizimi joriy etiladi
Özbekistonda hali qurib bitkazilgan köp qavatli uylardan xonadon sotib oliş böyiça kafolatli eskrou tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş sohasi böyiça ötkazilgan selektorda aytib ötdi.
Ma’lum qilinişiça, eskrou tizimida quruvçi uylar sotuvini taşkil qiliş böyiça banklar bilan şartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqçi bölgan odamlar pulini quruvçiga emas, töğridan töğri bankka topşiradi. Banklar esa quruvçi va xaridor örtasida işonçli köprik vazifasini bajarib, yiğilgan pulni quruvçiga resurs sifatida beradi. Yangi tizim kelasi yil Samarqand şahrida va Toşkentning Yangihayot, Sergeli tumanlarida tajribadan ötkazilişi kutilmoqda.
Taklif etilayotgan tizim jahon tajribasida bor. Eskrou hali bitmagan uydan kvartira olayotgan xaridorlarning pullari himoyasini kafolatlaydi. Lekin bu kafolat tekin emas: quruvçi uçun qöşimça xarajatlar yuzaga kelişi quriliş tannarxini oşiradi. Bu esa uy-joyning har bir metr kvadrat narxiga ta’sir qiladi. Qolaversa, quruvçi kompaniyaga biror kor-hol bölganda, xaridor öz pullarini yuz foiz qaytarib olgan taqdirda ham, bu pullar inflatsiya hisobiga endi avvalgi qiymatiga teng bölmasligini ham yodda tutiş kerak.
Albatta, bu kabi nyuanslar eskrou tizimining zaruratini kamaytirmaydi. Firibgarlik qilgan, uyni öz vaqtidan keçiktirib, sifatsiz topşirayotgan quruvçilar juda köp. Oxirgi misollarga qarasak, ötgan hafta Kun.uz Olmazor tumanidagi “Smart Houses” nomli kompaniya rahbari odamlardan qoçib yurgani, kompaniyaning özi esa bankrot deb e’lon qilingani haqida yozgandi. Bu hafta esa Çilonzorda “dom” qurmoqçi bölgan “Komgul” nomli firma rahbarlari ustidan tergov ketayotgani ma’lum böldi. Ular firibgarlik va pora berişda gumonlanmoqda.
Hukumat havo ifloslanişiga qarşi qanday kuraşmoqçi?
Isitiş mavsumi boşlanişi arafasida, havo sifatini yaxşilaş böyiça prezident qarori imzolandi. Unga köra, kelgusi 1 yil içida Toşkent şahriga tutaş tumanlardagi kömirda işlaydigan 1200 dan issiqxonalarga çang-gaz filtrlari örnatiladi. Buning uçun issiqxona xöjaliklariga subsidiya ajratiladi. 2030 yildan boşlab esa, poytaxt va uning atrofida joylaşgan issiqlik markazlari va elektr stansiyalarida mazutdan foydalaniş taqiqlanadi.
Hujjat bilan, şuningdek, Ai-80 benzinidan foydalanişni taqiqlaş keyinroqqa qoldirildi. Yil boşida, havo sifati trenddagi mavzu bölib turganida, bu masalani 2025 yildan uzil-kesil hal qiliş topşiriği berilgandi. Yangi qarorga köra, “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilğisidan foydalaniş va sotişni bosqiçma-bosqiç çeklaş 2028 yildan boşlanadi.
Qarorda yozilişiça, kelasi yili havo ifloslanişini monitoring qiliş uçun respublika böyiça 347 ta kiçik stansiya örnatilişi, 2026 yilda esa Toşkent köçalarida havo sifatini körsatib turuvçi monitor va tablolar işga tuşirilişi kerak. 2030 yilgaça Toşkent şahri va uning atrofida jami 441 gektarlik “yaşil belboğ” va “yaşil boğlar” taşkil qilinişi kutilmoqda. 2025-2028 yillarda quriliş bölayotgan joylardan çang kötarilişiga barham beriş, kuçli çang böronlarini hozirgiga nisbatan 50 foizga kamaytiriş vazifasi qöyildi.
Bu maqsadlarga erişiş uçun 4 yil muddat yetarli böladimi – buni vaqt körsatadi. Ayni paytda, kelajak rejalarni belgilaş bilan birga, şu paytgaça qilingan işlarni reviziya qiliş ham katta ahamiyatga ega. Birgina misol – Kun.uz şu hafta Samarqand tumanidan e’lon qilgan reportajdagi holat. Ma’lum bölişiça, oxirgi bir yil içida xalqaro taşkilotlar bilan birgalikda taşkil etilgan ikkita boğ qarovsiz qolib ketgan, minglab qimmatbaho daraxt köçatlari haşakdek qurib yotibdi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
25 sentabr holatiga, 90 foizdan ortiq fermer paxta narxining ma’muriy yöl bilan pasaytirilişiga rozi bölib, qöşimça şartnoma imzolagan. Bu haqda ma’lum qilgan Qişloq xöjaligi vazirligi öz bayonotida fermerlarni bunga majburlayotgan mas’ullarni mutlaqo qoralamagani e’tiborga molik. Ayni paytda, rasmiylar kelasi yil hosili uçun ham yana klasterlar manfaati haqida köproq qayğuryapti. Xususan, Qaşqadaryoda paxta xaridi böyiça kelasi yilgi narxni ham 6800 sömdan oşirmaslik böyiça topşiriq berilgan.
Kun.uz Boysundan navbatdagi reportajini e’lon qildi. U yerda hamon oltingugurt hididan odamlarning qon bosimi kötarilyapti, maktabdan qaytişda bolalarning zaharlanib, yiqilib qolişi holatlari kuzatilmoqda. Aholi vakillari M25 konini burğulayotgan Eriell kompaniyasidan kompensatsiya berişni sörayapti. Hafta davomida mas’ullardan biror yangilik bölgani yöq. Prokuratura va ekologiya organiga öxşab “örganiş ötkazilyapti” degan taşkilotlar qatoriga ötgan hafta oxirida toğ-kon inspeksiyasi ham qöşildi. Inspeksiyaning Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, Boysundagi konda mehnat şaroitlari va xavfsizlik qoidalariga amal qilingani tekşirilmoqda.
Professional ta’lim tizimi faqat texnikumlardan iborat böladigan böldi. Prezident huzuridagi yiğilişda ma’lum qilinişiça, hozir respublika böyiça 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollej bor. Ularning negizida 600 ta texnikum taşkil etilib, qolgan 71 ta muassasa binosi umumta’lim maktablariga aylantiriladi. Texnikumlarga qisman akademik mustaqillik berilişi aytilmoqda. 14 ta texnikumda Angliyaning “BTEC” dasturi joriy etilib, bitiruvçilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi. Natijaga qarab, bu tajriba boşqa texnikumlarga ham tatbiq etilişi mumkin.
Qoidabuzarligi bilan maqtanib, jamoatçilik nafratiga duçor bölganlar qatoridan olimpiada çempioni Asadxöja Möydinxöjayev ham joy oldi. Boksçi Toşkent markazidagi tor köçalarning birida prezident sovğa qilgan Tahoe maşinasini 110 km/soat tezlikkaça olib çiqib, buning videosini Instagram'iga joyladi. Mas’ullar uni 3 mln söm jarimaga tortdi xolos. Yoşlarga yomon örnak bölgan Asadxöja qilmişi uçun çegirma bilan hisoblaganda 1,5 mln söm tölasa kifoya.
5 va undan ortiq qöpol qoidabuzarlik sodir etgan haydovçilar bilan “mahalla yettiligi” şuğullanyapti. Bu haqda Senat yalpi majlisida Yöl harakati xavfsizligi xizmati boşliği Şerzod Ibragimov ma’lum qildi. U jarima ballari, haydovçilik guvohnomasini olib qöyiş, avtomobilni musodara qiliş kabi normal va samarali institutsional mexanizmlar haqida oğiz oçmadi, senatorlar ham bu haqda söraşgani yöq. Şunisi aniqki, bunday çoralarsiz, Ibragimov aytayotgan “mahalla yettiligi”ning şuğullanişi befoyda. Çunki qoidalarga tupurib qöyganlarning mahalla idorasiga ham, undagi yettilikka ham tupurib qöygan joyi bor.
Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
















