Namangan şahrida voyaga yetmaganlar iştirokida mudhiş YTH sodir böldi. Bu haqda Namangan viloyati televideniyesi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH 2 oktyabr kuni soat 11:00 lar atrofida sodir bölgan. 5 nafar öquvçi ijaraga Gentra maşinasini olib, şaharning Marğilon köçasi böylab katta tezlikda boşqarib borayotganida yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketgan. Yöl örtasidagi beton tösiqdan oşib ötgan maşina yuk maşinasiga borib urilgan.

YTH oqibatida maşina boşqaruvida bölgan, 2007 yilda tuğilgan ösmir vafot etgan. Şuningdek, 2007 yilda tuğilgan 3 nafar hamda 2009 yilda tuğilgan 1 nafar ösmir oğir tan jarohati olib, RŞTYoIM Namangan viloyati filiali jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Markaz şifokorining bildirişiça, ularning ahvoli oğirligiça qolmoqda. Ulardan birida klinik ölim holati kuzatilgan va körsatilgan tibbiy yordam tufayli hayoti saqlab qolingan. Hozirda ularning barçasi koma holatida va sun’iy nafas oliş apparatiga ulangan.

Voyaga yetmagan öquvçilarga maşina bergan ijaraçi bilan boğliq ma’lumotlar hozirça oçiqlanmagan. Oradan 5 kun ötganiga qaramay Namangan viloyati IIB YHXB hodisa yuzasidan munosabat bildirmagan.

Avvalroq Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida repetitorga ketayotganida ikki öquvçini maşina urib ketişi oqibatida ulardan biri vafot etgandi. Romitan tumani hokimi yordamçisi sodir etgan YTHda esa 3-sinf öquvçisi halok bölgandi.

Oxirgi haftalarda Qaşqadaryoning Qamaşi tumanidagi maktab oldida 8-sinf öquvçisi, Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanidagi maktab oldida esa 11 yoşli qiz halok böldi. Toşkent şahri Sergeli