Dronlar xaridi, dori importiga boj va 150 mingta uyga quyoş paneli - hafta dayjesti
|04:25 / 02.02.202514 90910 min
Özbekiston, Turkiya va Ozarboyjon suverenitetga bölgan tahdidlarga birgalikda qarşi turişini e’lon qildi. Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş uçun yana bir sohada importga boj kiritilyapti. Quyoş panellari böyiça “tajriba töplagan” prokuratura organlari bu yil yuz minglab uylarga panel örnatişga boş-qoş böladi. Ortda qolayotgan haftaning şu va boşqa muhim xabarlari – odatdagidek Kun.uz dayjestida.
Ozarboyjon va Turkiya bilan aloqalar qalinlaşmoqda
Özbekiston yana bir ittifoqçisi – Ozarboyjon bilan ham ID-kartalarni özaro tan oliş masalasini muhokama qilyapti. Kuni keça ikki davlat rasmiylari bu borada onlayn uçraşuv taşkil etdi. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topsa, vatandoşlar xorijga çiqiş pasportini olmasdan, agar pasporti bölsa ham, undan foydalanmasdan, ID-karta orqali özaro bordi-keldi qilişi mumkin böladi.
Bunday tartib 2023 yildan beri Özbekiston va Qirğiziston örtasida amal qilib kelyapti. Ötgan yili Qozoğiston va Tojikiston bilan ham şunday kelişuvga erişiş rejalaştirilgani e’lon qilingan. Kelgusida bu masala Turkiya bilan ham kun tartibiga çiqişi mumkinligini taxmin qiliş mumkin: turk qardoşlar allaqaçon Ozarboyjon, Gurjiston va Ukraina bilan ID-karta rejimiga ötişgan.
Çorşanba kuni Anqarada Özbekiston–Ozarboyjon–Turkiya uç tomonlama muloqot formatining ikkinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda uçta turkiy davlatning taşqi işlar, savdo va transport vazirlari iştirok etib, özaro savdo-sotiqni soddalaştiriş, Yevropa va Xitoy örtasidagi Örta koridor salohiyatini röyobga çiqariş kabi masalalarni muhokama qildi. Yiğiliş yakunida qabul qilingan Anqara deklaratsiyasida yozilişiça
Mavzuga oid
, tomonlar köplab masalalar, xususan bir-birining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va çegaralarning buzilmasligini qat’iy qöllab-quvvatlaydi, suverenitetga bölgan har qanday tahdidlarga nisbatan birgalikda çora köradi.
Bu anjuman fonida, Özbekiston Turkiyadan yana harbiy dronlar sotib olişi haqida xabarlar tarqaldi. Turk manbalarining yozişiça, Turkish Aerospace kompaniyasi tez orada Özbekistonga ANKA dronlarini yetkazib berişni boşlaşi kutilyapti. Neçta uçuvçisiz apparat haqida gap ketayotgani ma’lum emas. Eslatib ötamiz, 2023 yilda Özbekiston Qurolli Kuçlarida Turkiyaning Bayraktar TB2 dronlari borligi ma’lum bölgandi. Mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhamedovning 2024 yil dekabridagi bayonotiga köra, armiya maşğulotlarida asosiy e’tibor uçuvçisiz uçiş apparatlarini qöllaş va ularga qarşi kuraşişga qaratilmoqda.
Import dori-darmonlarga boj solinadi
Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş vaji bilan, yana bir toifa mahsulotlar importiga boj kiritilyapti. Şu hafta e’lon qilingan farmonga köra, 1 apreldan e’tiboran köplab turdagi dori-darmonlarni Özbekistonga olib kirişda 2 foizlik import boji joriy etiladi. Bojga tortiladigan farmatsevtika mahsulotlari qatoriga antibiotiklar, oğriq qoldiruvçi, yalliğlanişga qarşi, virusga qarşi, qandli diabetga qarşi dori vositalari, kardiologik, gormonal va antigistamin preparatlar, ösmaga qarşi dorilar hamda dori vositasi maqomiga ega vitamin va biologik faol qöşimçalar kiritilgan.
Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizovning aytişiça, dori importiga boj kiritişdan maqsad – mahalliy işlab çiqaruvçilarga kömak beriş. U bunday boj boşqa davlatlarda ham borligi, Özbekiston “bor-yöği 2 foiz”lik stavka örnatayotgani uçun narx-navo özgarmasligini aytdi.
Bu farmon bilan, şuningdek, 1 apreldan boşlab retsepsiz sotiladigan dorilarga nisbatan narx çeklovi bekor qilinadi. Azizovning sözlariga köra, hozir mamlakatda röyxatga olingan dori vositalarining 14 foizi retsepsiz beriladigan preparatlar toifasiga kiradi. Çeklov bekor qilingaç, ularning narxi oşişi mumkin, lekin raqobat tufayli 4-5 oyda yana narxlar tuşadi, deya işontirdi Farmagentlik rahbari.
Şifokor retsepti asosida sotiladigan dorilar narxi ustidan nazoratni osonlaştiriş uçun esa yangi mobil ilova işlab çiqilmoqda. Abdulla Azizovga köra, ilova taxminan 15 fevralgaça e’lon qilinadi va u orqali dorixonaga kirganda dori qutisidagi QR kodni skanerlab, uning maksimal ruxsat etilgan narxini köriş mumkin böladi.
“Hozirgi kunda referent narxlar böyiça olib borayotgan faoliyatimiz töğridan töğri narxlarning tuşişiga olib keladi. Ijtimoiy nazoratning keskinlaşişi ham narx tuşişiga olib keladi. Bu farmon bilan biz töğri mexanizmni yölga qöyiş orqali, kutişimiz kerak bölgan narsa – narxlar tuşişi”, – dedi Farmatsevtika agentligi direktori.
Eslatib ötamiz, ötgan yili 1 apreldan QQS imtiyozi bekor qilingaç, dori-darmonlar narxi rasmiy statistika böyiça 26 foizga qimmatlaşgan edi. Abdulla Azizov dori vositalari uçun QQS qayta körib çiqilişiga va’da berdi.
Quyoş panellari böyiça katta topşiriq – prokuratura nazoratida
Quyoş panellari örnatişni keskin köpaytiriş – energetika sohasida bu yil ham ustuvor yönalişlardan biri böladi. Bu haqda prezident huzuridagi yiğilişda ma’lum qilindi. Quyoş panellari örnatişni avvalgi yillardagi kabi yana prokuratura organlari nazorat qiladi. Boş prokuror örinbosari Şohrux Aminovning aytişiça, 2025 yilda aholi, kiçik biznes va ijtimoiy soha obektlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasining kamida 40 foizi qayta tiklanuvçi energiya manbalari hisobiga qoplanişi kerak.
“Uşbu vazifalar ijrosi sözsiz ta’minlanadi. Çunki Boş prokuratura va hududiy prokuraturalarda bu kabi topşiriqlar ijrosini ta’minlaş böyiça ötgan yili tajriba yaratilgan”, – dedi Aminov.
Boş prokuratura axborotiga köra, prezident huzuridagi yiğilişda 250 mingta obekt, xususan 150 mingta xonadonda jami 600 MW quvvatli quyoş panellarini örnatiş böyiça topşiriq berilgan. Buning uçun 2 trillion söm imtiyozli kredit ajratiladi.
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovning ma’lum qilişiça, elektromobil egalariga va elektrlaştiriladigan xonadonlarga imtiyozli tariflar qilib beriş böyiça ham topşiriq berilgan. Mirzamahmudov avvalroq 1 yanvardan boşlab gazsiz yaşayotgan aholi uçun elektr energiyasiga 50 foiz çegirma berilişini aytgani, lekin bu amalga oşmaganiga izoh bermagan. Mana, fevral kirib keldi va aytiş mumkinki, gaz yetib bormagan joylardagi aholi ham qişni hamma qatori 200 kilovattlik limit bilan tugatişi aniq bölib ulgurdi.
Avtomobil bilan boğliq firibgarliklar seriyasi
Avtomobil sotuvi bilan şuğullangan navbatdagi firibgarlarga sud hukmi öqildi.Green-Waatt, Quwwatt Motors, ZTY Car Energy, Ev Sky nomli kompaniyalar mansabdorlari – jami 6 kişi 4 yildan 9 yilgaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Ular odamlarga 100 dollardan 500 dollargaça miqdorlarda pul berib, roziligini olgan holda ularning nomiga kredit çiqartirgan, keyin esa kreditni tölamagan. Aldanganlar soni 203 nafar, ularga yetkazilgan zarar qiymati esa 62 mlrd sömni taşkil etgan.
Şu kunlarda yana bir avtosalonçilar işi sudda körilmoqda.Kun.uz suriştiruvidan keyin ustidan jinoyat işi qözğatilgan “Allianse Motors” MÇJ mansabdorlari ham firibgarlikda ayblanyapti. Ayblovga köra, ular maşina olib kelib beriş haqida yolğon va’dalar berib, kamida 128 kişidan 46 mlrd söm olgan, keyin bu pullarni öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan. Iş böyiça 9 kişi sudlanyapti. Ulardan biri Mirzo Uluğbek tumanidan 477 ming dollarga uy sotib olgani aytilyapti.
Avvalroq fuqarolarga oson şartlarda avtomobil olib berişni va’da qilib, göyoki “avtolizing” bilan şuğullangan “Umid avto” rahbari qölga olingan edi. Bu işda jabrlanuvçilar soni 200 kişidan oşadi. Bundan taşqari, ötgan hafta “Bilol’s Electric Motors” nomli avtosalon egasi ham qamoqqa olindi – u ham juda köp miqdordagi firibgarlikda ayblanyapti. Bu holatda aldanib qolganlar soni 50 nafarga yaqin.
Şu tariqa, yuqorida sanab ötilgan törtta jinoyat işida avtomobil oldi-sotdisi bilan boğliq firibgarlikdan jabrlanganlar soni jami 600 nafarga yaqinni taşkil etmoqda.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
“Özbekiston havo yöllari” e’lon qilgan çegirma muhokamalarga sabab böldi. Kompaniya özining 33 yilligi munosabati bilan 28 yanvar kuni sotiladigan çiptalarga 30 foiz çegirma e’lon qilgandi, lekin şu kuni tarmoqda UzAirways odamlarni aldagani aytilgan xabarlar tarqaldi. Kun.uz suhbatlaşgan bir qator mijozlar ham narxda özgariş sezmaganini aytdi. Kompaniya holatni arzon çiptalar tugagani bilan izohladi. Saytda keçqurun 1000 söm deb körsatilgan narx ertalab masalan 2500 sömga aylanib qolişi ham şundan, bu xalqaro tajriba, dedi UzAirways matbuot kotibi.
Özbekiston 2025 yilga 37,5 mln aholi bilan kirib keldi. 1 yanvar holatiga, mamlakatimizning doimiy aholisi 37 mln 543 ming kişini taşkil etgan. Rasmiy raqamlar tuğiliş pasayganini körsatmoqda: ötgan yili Özbekistonda 926 mingta çaqaloq tuğilgan bölib, bu 2023 yilga nisbatan 3,7 foizga, 2022 yilga nisbatan 0,6 foizga kam. Töylar ham kamayişda davom etyapti: 2024 yildagi nikohlanişlar soni oxirgi 10 yillik minimumga tuşgan. Örtaça hisobda olganda, qizlar 22 yoşda turmuşga çiqyapti, yigitlar esa 27 yoşda uylanişyapti.
2024 yilga oid yana bir statistika. Boş prokuratura ma’lumotiga köra, ötgan yili mansabdor şaxslarning jinoyat sodir etişi holatlari keskin köpaygan. 2023 yilda 3,5 mingdan ortiq mansabdor şaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bölsa, 2024 yilda ularning soni 37 foizga oşib, salkam 5 mingtaga yetgan. Poraxörlarning uşlanişi esa bir yilda 66 foizga köpayib, 353 kişiga yetgan. Ötgan yili jinoyati foş etilganlarning 71 nafari – respublika darajasidagi amaldorlar bölgan.
Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova