Gaz-svet uçun yangi tariflar may oyiga qoldirildi: bir oydan keyin narxlar qanday özgaradi? Rossiyadan yana delegatsiya keldi: yirik AES masalasi kun tartibiga qaytgan. Avtomobil olib kiriş endi omadga boğliq: “monopolistlar niyatiga yetgani” aytilmoqda. Özini özi band qiluvçilar röyxati qisqaradi: 34 xil kasb egalariga soliq imtiyozi tugaydi. Ortda qolayotgan hafta yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

Energotariflar oşişi 1 mayga qoldirildi

Gaz va elektr energiyasi tariflarini oşiriş bir oyga keçiktirildi. “Prezident Şavkat Mirziyoyev aholi va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida tariflarni oşirişni keyinga surişni buyurdi”, deyiladi Hayit bayrami arafasida e’lon qilingan rasmiy xabarda.

Yangi tariflar endi 1 apreldan emas, 1 maydan kuçga kiradi. Bunda, aholi uçun bazaviy norma doirasidagi elektr energiyasi 1 kWh uçun 450 sömdan 600 sömga, normadan oşmagan 1 kubometr gaz 650 sömdan 1000 sömga oşadi. Suyultirilgan gaz narxi kilosiga 1600 sömdan 2000 sömga kötariladi.

Ötgan yil 1 maydan farqli ravişda, bu yil 1 maydan kuçga kiradigan tariflar biznesga ham taalluqli. Aksariyat yuridik şaxslar uçun hozirgi 900 sömlik elektr energiyasi 1000 sömga yetadi, gaz narxi esa 1500 sömdan 1800 sömga oşadi. Avtomobillarga metan quyiş şoxobçalari 1 maydan boşlab gaz uçun hozirgidek 1800 sömdan emas, 2500 sömdan tölay boşlaydi.

Yoqilği-energetika mahsulotlariga soliq stavkalarining kötarilişini keçiktiriş böyiça yangilik bölganiça yöq. Amaldagi Soliq kodeksiga köra, 1 apreldan e’tiboran benzin, dizel, metan va propan uçun aksiz soliği 10 foizga oşadi.

AES qurilişi: Prezident huzuridagi yiğiliş va Ahmadxöjayev intervyusi

Markaziy Osiyoda Rossiya AES quriş haqida gapirmayotgan davlat oxir-oqibat bitta qoldi – u ham bölsa, gaz zaxiralari böyiça dunyoda 4-örinda turadigan Turkmaniston. Ötgan hafta Rossiya tomoni Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistondan keyin, endi Tojikistonga ham atom elektr stansiyasi qurib berişni taklif qilayotganini tasdiqladi. “Rosatom” rahbari Aleksey Lixaçevning sözlariga köra, kam quvvatli AES quriş böyiça berilgan taklifni Tojikiston tomoni örganib çiqyapti. “Bu – muzokaralarning ilk bosqiçi”, dedi “Rosatom” rahbari.

Bu hafta Lixaçevning birinçi örinbosari, “Atomstroyeksport” prezidenti Andrey Petrov Özbekistonga kelib, yana yirik quvvatli AES masalasini kötardi. U “Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayev bilan uçraşuvda yirik AES quriş uçun joy tanlaş va loyihani texnik-iqtisodiy asoslaş masalalarini muhokama qilgan.

Seşanba kuni “Özatom” tarqatgan xabarda bu uçraşuvdagi muhokamaning asosiy mavzusi yirik AES emas, kam quvvatli AES bölgani aytilgan bölsa-da, aynan katta stansiya atrofidagi muhokamalar köproq jamoatçilik va OAV e’tiborini tortdi. Şunga öxşaş holat payşanba kuni prezident huzurida bölib ötgan, atom energetikasini rivojlantirişga oid yiğilişdan keyin ham kuzatildi. Rasmiy xabarda aytilişiça, yiğilişda mutasaddilar Şavkat Mirziyoyevga kam quvvatli AES loyihasining borişi va hamkorlar bilan muzokaralar haqida axborot bergan. Qurilişning barça bosqiçlari Xalqaro atom energiyasi agentligining qat’iy nazorati ostida bölişi, bölajak stansiya jahonning eng ilğor xavfsizlik talablariga javob berişi aytilgan. Köpçilikning diqqatini qaratgan yangilik esa press-relizning eng oxirgi jumlasidan örin olgan bölib, unga köra, yiğilişda kiçik AES masalasidan taşqari, katta quvvatli AES qurişning texnik-iqtisodiy jihatlari va uni barpo etiş rejalari ham körib çiqilgan.

Yuqoridagilardan kelib çiqilsa, Özbekiston–Rossiya örtasida 2017 yildan boşlab muhokama qilina boşlagan yirik AES masalasi yana kun tartibiga qaytgan. Bir neça yil davomida muzokaralarda ikkita energoblokdan iborat, umumiy quvvati 2,4 gigavattlik tölaqonli stansiya haqida gap borgan, rossiyaliklar loyihani taxminan 11 mlrd dollarga baholagan edi. Lekin 2024 yilga kelib, rejalar özgargan, Jizzaxdagi tanlangan maydonda 330 megavattlik kam quvvatli AES quriş böyiça bitim imzolangan edi.

Jurnalist Kirill Altmanga intervyu bergan “Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayevning sözlariga köra, kiçik stansiya qurilişida birinçi betonni quyiş 2026 yil 2-çoragiga reja qilingan. Boş pudratçi “Rosatom”dan taşqari, mahalliy pudratçilar, masalan Saneg ham iştirok etadigan loyihaning qiymati 2 mlrd dollardan oşmasligi va’da qilinyapti. Ahmadxöjayevning tasdiqlaşiça, AES asosan taşqi qarzlar hisobiga quriladi. Jumladan, Xitoydan imtiyozli kredit olinadi. Rossiyadan esa mablağ jalb qilinmaydi. “Geosiyosiy jarayonlarni hisobga olgan holda, Rossiyaning pullarini körib çiqmayapmiz”, dedi “Özatom” rahbari. Uning sözlariga köra, qurilajak stansiyada işlab çiqariladigan elektr energiyasining tannarxi texnik-iqtisodiy asoslar tayyor bölganidan keyin ma’lum böladi. Ya’ni hozirça “TEO” tayyor emas.

Azim Ahmadxöjayev AES quriş böyiça referendum ötkazilmaganini konstitutsiyada bunaqa talab yöqligi bilan izohladi. Rossiyadan olib keliş reja qilingan reaktorlar muzliklar bağridagi suvosti kemalariga möljallangan yadroviy texnologiyaning modifikatsiya qilingan versiyasi ekani, hali heç qayerda quruqlikda işlatilmagani haqidagi savolga javoban, Ahmadxöjayev Özbekiston yadroviy eksperiment maydoniga aylanib qolişini rad etdi. “Reaktor suvda yoki yerda bölişining nima farqi bor? Uning elektr energiyasini işlab çiqariş jarayoni bir xil. Texnologiya allaqaçon yer ustida işlaşga moslaştirilgan”, dedi “Özatom” direktori.

Agentlik rahbari Jizzaxdagi AES Rossiya uçun Özbekistonga bosim ötkaziş riçagiga aylanib qolişini ham rad etdi. “Stansiya Özbekistonning mulki böladi, unda mahalliy mutaxassislar işlaydi. Rossiya qandaydir tugmani bossa, bu stansiyada nimadir sodir böladi, degan narsa yöq. Yevropa mamlakatlarining dasturiy ta’minotini işlatişimiz ham mumkin”, – dedi Azim Ahmadxöjayev.

Intervyuda sobiq energetika vaziri Alişer Sultonovning “Gazimiz uçta Özbekistonni boqişga yetadi” degan fikri ham muhokama qilingan. “Özatom” direktorining fikriça, Sultonov öşanda gazni tejab işlatiş muhimligini nazarda tutgan va haq gapni aytgan. “Agar odamlar odatlanib qolgan iste’mol madaniyati bölmaganida, gaz uçta Özbekistonga yetgan bölardi”, dedi Ahmadxöjayev. U odamlarning gazni tejamasdan işlatişi haqida gapirarkan, uçta Özbekistonga yetgulik gaz qanday qilib bitta Özbekistonga ham yetmayotganining boşqa sabablarini tilga olişni lozim topmagan.

Piskentdagi avtolaboratoriyaga navbat ajiotaji

“Monopolistlar niyatiga yetdi desak ham böladi”. Oxirgi paytlarda avtomobil import qiliş qiyinlaşib ketgani haqida xabar bergan Telegram'dagi “Rastamojka” kanali vaziyatni aynan şunday izohladi. Ma’lum bölişiça, maşinalarni Piskentdagi laboratoriyada tekşiruvdan ötkaziş uçun elektron navbat oliş haddan taşqari qiyinlaşib ketgan. Navbat oliş tungi soat 00:00 da oçilib, 1 daqiqaga bormasdan tugab qolyapti. Kanal muallifi bu holatni Cobalt uçun şartnoma olişdagi ajiotajga öxşatdi.

Bojxona sohasidagi boşqa bir bloger – Autodeklarant kanali muallifining ma’lum qilişiça, 28 mart holatiga, 13 aprelgaça bölgan navbatlar tölib bölgan. Tungi 00:00 dan oçilgan navbatlar 20 sekundda tugab ketgan. Kanal muallifi jarayon qanaqa keçayotganini qisqa videoda körsatib berdi.

“Undan köra: “Böldi, avtomobil import qilmanglar, yöl qöymaymiz” deb aytib qöyinglar, insonlar, tadbirkorlar ovora bölib maşina olib kelmasin”, – deydi bloger.

Ma’lumot uçun, Piskentdagi laboratoriya kuniga 100-120 ta avtomobilni sinovda ötkaza oladi. Lekin bu kunlik import körsatkiçidan kamida 2 barobarga kam. Ya’ni mas’ullar ötgan yili noyabrda şu tartibni joriy qilişlaridan oldin, bunday navbatlar yuzaga kelişini oldindan bilgan.

Hozirgi vaziyatda, bojxona omborlarida sertifikat uçun navbat kutayotgan minglab, hatto ön minglab avtomobillar töplanib ketgan bölişi mumkin. Agar navbatga yoziliş çeklovlarsiz, doimiy rejimga ötkazilsa, bojxonada kutayotgan minglab avtomobillar bir neça oylik navbatlarni töldirib qöyişi ma’lum böladi. Eng yomoni, biror özgariş qilinmasa, navbatlar faqat uzayib boraveradi. Bora-bora, import qilingan maşinalar sertifikat oliş uçun bojxonada yillab qolib ketadigan ssenariy ham ehtimoldan xoli emas.

Özini özi band qilganlar toifasi qisqaradi

Özbekistonda 34 toifadagi özini özini band qilgan şaxslar bundan buyon soliq tölaşi kerak, degan qarorga kelindi. Bu qarorga köra, 2026 yil 1 yanvardan boşlab, özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxati amaldagi 104 ta banddan 72 tagaça qisqaradi. Sartaroşlik, foto-video xizmatlari, avtomobil ta’mirlaş, dehqon bozorlarida savdo qiliş, şirinlik va salat tayyorlab sotiş, repetitorlik kabi jami 34 toifadagi faoliyat turlari röyxatdan çiqariladi.

Bu degani, özini özi band qilgan holda şu işlar bilan şuğullanayotgan odamlar kelasi yildan boşlab qonuniy işlamoqçi bölsa, rasman tadbirkorlik oçişi kerak böladi. Qaror bilan, ular yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik şaxs sifatida davlat röyxatidan ötsa, davlat boji tölamasligi belgilandi. Şu bilan birga, özini özi band qiluvçilar toifasiga yangi qöşilgan kasblar ham yöq emas: 2026 yildan boşlab, marketpleyslarda savdo qiliş, tovuq boqiş, dorbozlik, askiya va lapar bilan şuğullaniş uşbu röyxatga qöşiladi.

Farmon bilan, kiçik va örta biznes sub’yektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklaşga 3 yillik moratoriy e’lon qilindi. Bundan taşqari, endilikda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatiga nisbatan biror yangi talab belgilansa, bu talabning kuçga kiriş muddati qat’iy ravişda yo 1 yanvar, yoki 1 iyul deb belgilanadi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Boysundagi M25 konida yana bitta nuqtadan oltingugurt gazi otilib çiqdi. Energetika vazirligi kondagi 202-sonda röy bergan hodisani “nazorat ostidagi otiliş” deb atadi. Jabrlanganlar yöqligi, holat aholi va yaqin atrofdagi hududlarga heç qanday xavf tuğdirmasligi aytilyapti. Gaz çiqayotgan quduq tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanişining oldini oliş maqsadida yoqib qöyilgan. Eslatib ötamiz, ötgan yili 1 sentabr kuni bu kondagi 604-sonli quduqdan ham vodorod sulfid gazi çiqqan, keyinroq takroriy portlaş röy berib, 4 kişi halok bölgandi. Yanvar oyida M25 koni hududi “olovli vodiy”ga aylanib qolgani ma’lum bölgandi.

Toşkent şahri jamoat transportining sobiq rahbarlari ustidan sud hukmi öqilgan. Ma’lum bölişiça, “Toşşahartransxizmat” ning sobiq raisi Anvar Jörayev va uning örinbosari Abdujamil Azizov talon-toroj va mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarda ayblanib, fevral oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ularning ikkisi ham sudda bergan körsatmasida öziga qöyilgan ayblovlarni rad etgan, hukm çiqqaç, apellyatsiya şikoyatini kiritgan. Ma’lumot uçun, Anvar Jörayev 2024 yil boşida, lavozimda işlayotgan vaqtida qamoqqa olingandi.

Poytaxtda qamoqqa olingan yana bir mansabdor – favqulodda vaziyatlar tizimi vakili böldi. Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliğining ismi oçiqlanmayotgan örinbosari hibsga olingan. DXX xabariga köra, u quriliş sohasi bilan boğliq vakolatlarini suiiste’mol qilib, doimiy ravişda tamagirlik yöli bilan pora olib kelganlikda ayblanyapti. Bu jinoyat işining qözğatilişi favqulodda vaziyatlar vaziri va uning ikki örinbosari işdan olingani fonida röy bermoqda. Davlat rahbari ularni qurilişdagi qonunbuzarliklar sababli işdan olganini aytgandi.

Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga endi salkam 1 mlrd sömdan beriladi. Prezident farmoniga asosan, 1 iyundan boşlab nufuzli xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga tölanadigan mukofot puli 5 baravarga oşiriladigan böldi. Natijada, 1-örin sohiblari oladigan pul mukofoti 2500 BHM (937,5 mln söm)ga, 2-örin uçun 1500 BHM (562,5 mln söm), 3-örin uçun 1000 BHM (375 mln söm)ga yetadi. Bundan taşqari, top-100 talikka kiruvçi OTMlarda ilmiy daraja olgan 35 yoşgaça bölgan mutaxassislarga uy-joy sotib oliş uçun 10 yil muddatga 2150 BHM (806 mln söm)gaça foizsiz ssuda ajratiladi.

Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova