Amerika vizasini olişi öta darajada qiyin özbekistonliklar uçun talablar yengillaştirilişi mumkin. Rossiyaga borişda esa qöşimça byurokratiya paydo böldi. Toşkentda yöl örtasidagi birinçi avtobus yölagi va metroning yangi yönalişi quriladi. Xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga 72 ming dollar mukofot beriladi. Ayrim şifoxonalarda oyliklar oşmoqda. Yakunlanayotgan hafta yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

AQŞdan viza talablarini yengillaştiriş söraladi

Özbekiston hukumati AQŞ rasmiylari bilan viza masalalarida muzokara boşlaydigan böldi. Prezident farmoniga köra, rasmiy Toşkent Vaşingtondan özbekistonliklar uçun viza talablarini yengillaştirişni söraydi, buning evaziga AQŞ vatandoşlari uçun Özbekistonga kirişda 30 kunlik vizasiz rejimni taklif qiladi.

Bu yangilikning muhimligi şundaki, dunyoda AQŞ vizasini oliş uçun özbeklarçalik qiynaladigan xalq deyarli yöq hisobi. Amerika vizasiga rad javobini oliş böyiça nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun post-sovet mintaqasi içida eng yomon körsatkiç aynan Özbekistonga tegişli. 2024 moliya yilida özbekistonliklar AQŞga sayohat qiliş uçun B1/B2 toifadagi viza sörab bergan arizalarning naq 64 foiziga rad javobini olgan. Bu körsatkiç bir yil içida 5 foizga yomonlaşgan.

Tasavvur qilişingiz uçun, dunyoda 200 dan ortiq mamlakat bölsa, Özbekiston AQŞ vizasini olişning qiyinligi böyiça top-15 talikka kiradi. Taqqoslaş uçun uzoqqa ham boriş şart emas: qöşni tojikistonliklar va qozoğistonliklarda AQŞ vizasini oliş imkoniyati özbekistonliklarga qaraganda 1,5 barobarga köp. Bizda arizalarning 64 foizi rad etilsa, Qirğizistonda ariza berganlarning xuddi şunçasi, aniqroği 61 foiziga viza beriladi. Viza olişning oson-qiyinligidan taşqari, uning amal qiliş muddatida ham yer bilan osmonça farq bor: agar sizda Özbekiston pasporti bölsa, va agar omadingiz kelsa, B1/B2 vizasini uzoği 1 yilga ola olasiz. Qirğiziston va Qozoğiston vatandoşlariga esa bu viza 10 yilgaça muddatga beriladi.

Yuqoridagi farmonga qaytsak. Sayyohlar oqimini oşiriş maqsadida Özbekiston 1 iyundan boşlab uçta davlat: Bahrayn, Kuvayt va Ömon vatandoşlari uçun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilyapti. Rossiya, Qozoğiston va Ozarboyjon vatandoşlari esa Özbekistonga içki hujjat yoki ID-karta bilan kirişi mumkin böladi. Bu boradagi muzokaralarni 3 oy içida boşlaş közda tutilgan. Eslatib ötamiz, ID-karta bilan bordi-keldi qiliş 2023 yildan boşlab Qirğiziston bilan yölga qöyilgandi.

Rossiya migrantlarga yangi talablar qöymoqda

Özbekistonda rossiyaliklarning kirib kelişini osonlaştiriş haqida gap ketayotgan paytda, narigi tomon qöllayotgan çoralar boşqaçaroq bölyapti. 30 iyundan boşlab, Rossiyaga vizasiz boriş huquqiga ega davlatlar fuqarolaridan RFga kirişda QR-kod körsatiş talab qilinadi. Bu kodni oliş uçun “Gosuslugi RuID” ilovasida röyxatdan ötib, fotosurat va şaxsiy ma’lumotlarni kiritiş, Rossiyada böliş muddatini körsatiş kerak. QR-kod oliş uçun ariza safardan kamida 72 soat oldin berilişi şart. Agar Rossiyaga boriş zarurati tösatdan, paydo bölsa, arizani 4 soat qolganda ham topşiriş mumkin. 6 yoşgaça bölgan bolalar uçun QR-kod talab etilmaydi.

Seşanba kuni Davlat dumasi migrantlarga aloqador yana bir qonunni qabul qildi. Agar qonun imzolansa, 1 sentabrdan e’tiboran Moskva şahri va Moskva oblastida işlaş uçun ruxsatnoma olişni xohlovçi migrantlar maxsus mobil ilovada röyxatdan ötib, bu ilovaga telefonning geolokatsiyasini kuzatiş imkonini berişi kerak böladi. Bu ilova qurilmaning geolokatsiyasini Rossiya Içki işlar vazirligiga uzatib turadi. Agar 3 kun davomida lokatsiya haqida ma’lumot uzatilmasa, migrant tegişli röyxatdan öçiriladi va unga sud qarorisiz deportatsiya xavf sola boşlaydi. Migrantning smartfoni bölmasa, qanday yöl tutilişi ma’lum emas. Duma spikeri Vyaçeslav Volodinga köra, eksperiment muvaffaqiyatli çiqsa, Moskvadan boşqa regionlarga ham tatbiq etiladi.

Rossiyadagi migrantlar haqida bu hafta Tergov qömitasi boşliği Aleksandr Bastrikin ham gapirdi. U Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming nafar çet ellik Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşayotganini ma’lum qilib, ular öz vatani – Özbekiston, Tojikiston va Qirğizistonda yaşaşni “negadir yoqtirmasligi”ni aytib piçing qildi. Vaholanki, köplab holatlarda markaziy osiyolik migrantlar uruşga majburan olib ketilayotgani, bu ayniqsa qamoqxonalarda avj olgani hammaga ma’lum. Migrantlar yonidan giyohvand modda topilgani vaji bilan qamaladi, keyin uruşga borişga majburlaş uçun qörqitiladi, yolğiz kamerada qamab qöyilib, jazo muddatini uzaytiriş bilan tahdid qilinadi.

Hafta davomida Rossiya parlamenti va ijro organlaridan taşqari, prezident idorasi – Kremldan ham yoqimsiz bayonotlar yangradi. Vladimir Putinning maslahatçisi Anton Kobyakov “SSSR yuridik jihatdan hozir ham mavjud” degan safsatani takrorladi. U şundan kelib çiqqan holda, Ukraina bilan uruşni “içki jarayon” deb atadi. Bunga javoban Oliy Majlis deputati Alişer Qodirov Kobyakovni “şamollagan xayolparast” deya ta’riflab, qalban rus dunyosiga mansub bölganlar Rossiyaga borib yaşaşi kerakligini aytdi.

Xalqaro fan olimpiadasi medallari uçun mukofot miqdori oşirildi

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari ğoliblariga tölanadigan pul mukofoti 5 barobarga oşirildi. Prezident farmoniga köra, bundan buyon beşta fan böyiça tan olingan xalqaro olimpiadada oltin medal olganlarga bazaviy hisoblaş miqdorining 2500 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi. Bu hozirda salkam 940 mln söm yoki 72 ming dollarga teng. Kumuş medal sohiblari 562 mln söm, bronza olganlar 375 mln söm bilan taqdirlanadi. Öqituvçilar va terma jamoa rahbarlariga tölanadigan mukofot pullari miqdori özgarişsiz qoldi.

Ma’lumot uçun, nufuzli xalqaro olimpiadalarga fizika, matematika, kimyo, biologiya va informatika olimpiadalari kiradi. Ötgan yili özbekistonlik yoşlar bu musobaqalarda 1 ta oltin, 4 ta kumuş va 6 ta bronza, jami 11 ta medalni qölga kiritgan. Sport olimpiadalaridan farqli ravişda, bu bilimli yoşlarni pul bilan taqdirlaş borasida ijtimoiy tarmoqlarda faqat ijobiy munosabatni kuzatiş mumkin.

20 may kuni imzolangan farmon bilan, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati oçilişi belgilandi. Bu, avval aytilganidek, iqtidorli öquvçilarni nufuzli xorijiy universitetlarga öqişga tayyorlovçi ixtisoslaşgan “Harvardçilar maktabi” böladi. Akademik va moliyaviy jihatdan töliq mustaqillikka ega böladigan maktabda, bitta öqituvçiga töğri keladigan öquvçilar soni 8 tadan oşmaydi; bitiruvçilarga şahodatnomadan taşqari, yetakçi xorijiy universitetga kiriş imkonini beradigan xalqaro ta’lim dasturi diplomi ham beriladi. Bölajak harvardçilar uçun öquv dargohi qurilguniga qadar, ular al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaşgan maktab binolarida öqib turişadi.

Poytaxtda transport yangiliklari

Toşkent metrosi TTZgaça uzaytiriladi. Bu haqda avvalroq aytilgan rejalar qayta işlanib, duşanba kuni prezidentga taqdimot qilindi. Ma’lum qilinişiça, 1-bosqiçda Çilonzor yölining Puşkin bekatidan Feruza dahasigaça mavjud temiryölga parallel ravişda yer yuzasi böylab metro yöli quriladi. 2-bosqiçda Feruzadan Toşkent traktor zavodi dahasigaça yönaliş barpo etiladi. Feruza–TTZ yönalişidagi metro yerosti böladimi, yer ustimi, bu haqda ma’lumot berilmadi.

Şaharda, şuningdek, yöl örtasidan ötuvçi birinçi tezyurar avtobus yölagi (BRT) paydo bölişi kutilyapti. Şota Rustaveli köçasidagi loyihani amalga oşiriş yaqin kunlarda boşlanib, 1 sentabrgaça foydalanişga topşiriladi. “Özgariş” çorrahasidan boşlanib, Grand Mir mehmonxonasigaça davom etadigan rekonstruksiya davomida avtobuslar uçun yölning örtasidan ötuvçi alohida yölak va bekatlar quriladi. Keyinçalik liniyani Yangi Sergeli, Şahrisabz va Amir Temur köçalariga ham uzaytirib, Sergelidan to Yunusobodgaça avtobuslarning tösiqsiz harakatlanişi uçun şaroit yaratiş közda tutilgan. Loyiha uçun budjetdan 50 mln dollar ajratiladi. Pudratçi – jami 1 mlrd dollarlik şartnomani qölga kiritgan Xitoy kompaniyasi.

Poytaxtning boşqa ayrim köçalarida ham kiçik özgariş böladi: seşanba kuni şahar hokimi imzolagan qarorga asosan, piyodalar yölni belgilanmagan joydan kesib öta olmasligi uçun, jami 5,6 kilometrlik masofada temir panjaralar örnatiladigan böldi. Buning uçun salkam 1,5 mlrd söm ajratilyapti. Bundan taşqari, bolalar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida qavariq piyodalar ötiş joylari taşkil etişga 588 mln söm ajratildi. Qavariq, ya’ni qatnov qismidan börtib çiqib turadigan zebra çiziqlari şaharning 42 ta nuqtasida paydo böladi.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Prezident Şavkat Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga taşrif buyurdi. Özbekiston va Vengriya munosabatlari kengaytirilgan strategik şeriklik darajasiga olib çiqildi. Mojariston kompaniyasi Özbekistonda quriladigan AES uçun quruq sovutiş tizimlarini yetkazib beradigan böldi. Budapeştda, şuningdek, Turkiy davlatlar prezidentlarining norasmiy sammiti ham bölib ötdi. Sloveniyaga taşrifda esa, Özbekiston mahsulotlarining Yevropaga eksportida Kopyor porti imkoniyatlaridan foydalaniş, taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi oqimini yölga qöyiş kabi masalalarda kelişuvlarga erişildi.

1 iyuldan boşlab ayrim şifoxonalarda oyliklar oşiriladi. Bu – 15 ta tuman (şahar)da tajriba-sinov tariqasida soğliqni saqlaş tizimining yangi modeli joriy etilişi bilan boğliq. Röyxatga kiritilgan tuman yoki şahar markaziy şifoxonalarida şifokorlarning oyligi 20 foizga, hamşiralar oyligi 10 foizga oşirilib, KPI asosida 100 foizgaça ustama oliş imkoniyati beriladi. 2026 yil 1 yanvardan bu tizim Samarqand viloyatining barça tuman-şaharlarida joriy etilişi begilangan.

Toşkent viloyatida ikki nafar içki işlar xodimi katta miqdorda pora bilan uşlandi. Ulardan biri 20 ming dollar, ikkinçisi 24 ming dollar olayotgan vaqtida qölga tuşgan. Şuningdek, Qaşqadaryoda sud eksperti 1500 dollar bilan, Xorazmda esa soliq inspektori 900 dollar bilan uşlandi. Şuningdek, Soliq qömitasining ikki xodimi 82 mlrd sömlik QQSni noqonuniy qaytariş işi doirasida qamoqqa olindi. Eslatib ötamiz, aprel oyidagi prezident farmoniga binoan, davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadini deklaratsiyalaş töğrisidagi qonun loyihasi may oyida, ya’ni şu oy oxirigaça tayyor bölişi kerak.

Xorazmda metollolomga topşirilgan snaryad portlab ketgani ma’lum böldi. Kun.uz manbasiga köra, voqea 11 aprel kuni Yangiariq tumanida röy bergan. Portlaş oqibatida temir-tersak yiğiş punktida işlovçi 31 yoşli erkak vafot etgan. Örganişlarda voqea joyidan 30 ga yaqin snaryad topilgan. Mudofaa vazirligiga köra, bu snaryadlar Qurolli Kuçlarga tegişli emas. 1970-yillarga oid qurollarni mahalliy çöponlar qazib olib, metollolomga topşirgan. Holat yuzasidan harbiy prokuratura tergov ötkazmoqda.

Daraxt kesiş böyiça kelib tuşgan arizalar jamoatçilikka oçiqlanadi. Prezident qaroriga binoan, 1 dekabrdan e’tiboran kim, qayerda, qanaqa turdagi, neçta daraxtni kesiş uçun ariza berayotgani tegişli platformada hammaga körinib turadi. Platformada noqonuniy şağal qazib olgan şaxslar haqida ham ma’lumot berib boriladi. Lekin noqonuniy daraxt kesganlar haqida ma’lumot berib boriş közda tutilmagan.

Komron Çegaboyev tayyorladi.
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova