Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidan vulqon otilişini eslatuvçi vahimali kadrlar tarqaldi. Bu videolar Kofrun qişloğidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» nomli yirik gaz konida yondirib qöyilgan gaz videosi bölib, yangi videolar tarqalişi konda röy bergan navbatdagi avariya bilan bir vaqtga töğri keldi.

Kun.uz'ga yöllangan murojaatlarda qayd etilişiça, sönggi kunlar içida konda avariya röy berişi natijasida atrofga gazning qölansa hidi tarqalgan. Kon bir portlab, otilib çiqqan, şunda undagi olov öçib, badböy hid konga yaqin hududlar böylab tarqalgan, uylar içigaça kirib borgan.

Tahririyatga şikoyatini video şaklda jönatgan öquvçilardan biri uyda çiroq bölsa ham, gaz hidini kamaytiriş uçun şam yoqişayotganini ta’kidlagan.

«Svet bor-ku, lekin nega şam yoqyapsizlar deb qiziqyapsizlarmi? Taşqariga çiqib, sababini körsataman. «Mustaqillikning 25 yilligi» konida bugun biror holat bölganmi deyman, hamma joy gaz hidi bilan töldi. Uyning içigaça gaz kiryapti.

Hozir dökonga borib, şam olib keldik. Şamdan uyning içida gaz hidini kamaytiriş uçun foydalanyapmiz. Hamma derazalar akfadan, lekin gaz uyning içigaça kiryapti. Nima bölganini hozirça bilmaymiz. Bugun [2 noyabr] çang bölgani uçun «Mustaqillikning 25 yilligi» koni yonayotgani körinmayapti», – deydi u.

Kun.uz Energetika vazirligiga sörov jönatdi. Vazirlik matbuot xizmati rasmiy munosabat tayyorlanayotganini bildirdi.

Eslatib ötamiz, Boysun tumanidagi M25 koni bilan boğliq hodisa 1 yillik tarixga ega. Bu vaqt oraliğida konda bir neça marta avariyalar sodir böldi, oqibatda köplab qişloqlar, hatto Boysun tumani markazida ham havoning jiddiy ifloslanişi yuzaga keldi.

Dastlabki ofat 2024 yilning 1 sentabr kuni sodir bölgan, vaziyatni jilovlaş uçun ikki haftadan ortiq vaqt talab etilgandi