Özbekistonda minglab fuqaro navbatdagi moliyaviy piramidaga çuv tuşdi. Bu safar Pioneer Global Media nomi ostidagi platforma 6 oy içida oson pul topiş ilinjidagi fuqarolar çöntagini qoqib oldi. Unga aldanganlarning köpi kredit olib yoki qarz kötarib, pul tikkan. Odamlar köngliga “10 ta tuxum, 4 ta şaşlik va 3 ta banan” bilan kirib borgan PGM ularning millionlab pulini özlaştira oldi. Bu haqda Kun.uz’ga xabar bergan şaxs 146 mln sömidan ayrilgan. Afsuski, bundaylarning aniq soni ma’lum emas.

Minglab özbekistonliklar navbatdagi moliyaviy piramidaga aldandi. Bu safar PGM, ya’ni Pioneer Global Media nomi ostidagi platforma 6 oyda “uruğ qadab”, “hosil”ni ham yiğiştirib olişga ulgurdi.

PGM nima?

Pioneer Global Media platformasi şakli va uslubi avvalgilaridan umuman farq qilmaydigan moliyaviy piramida. Kompaniya Londonda joylaşgani, raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş faoliyati bilan şuğullanişi aytiladi. Kompaniya sertifikatlari sifatida istalgan odam yasaşi mumkin bölgan ikkita surat keltirilgan.

“2009 yilda taşkil etilgan PGM özining ijodiy va samarali reklama agentligi bilan maşhur bölib, yirik şahar markazlarida faoliyat yuritadi. PGM YouTube, Instagram, TikTok, Facebook, Globoplay, Messenger, Steam va boşqalar kabi yirik global ijtimoiy dasturiy ta’minot va öyin operatorlari bilan reklama böyiça hamkorlikni yölga qöydi”, deyiladi platformaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

PGM 2019 yilda Özbekistonga raqamli tadbirkorlikni rivojlantiriş va mahalliy texnologik ekotizimni mustahkamlaş maqsadida kirib kelgani ma’lum qilingan.

PGM’ning onlayn xodimlari dasturni yuklab olganidan söng kompaniya reklama uçun hamkorlardan haq olişi, uşbu tölovlarning 70-80 foizi onlayn xodimlarga iş haqi sifatida tölanişi bildirilgan. Onlayn xodimlar göyoki mehnat depoziti sifatida pul tikişlari kerak. Söngra ularga kunlik vazifa topşiriladi. Vazifalar asosan qandaydir ilovalarni yuklab oliş bilan boğliq. Vazifa bajarilgaç onlayn xodimga kunlik haq tölanadi.

Albatta, bularning bari uşbu platforma aslida moliyaviy piramida ekanini yaşirib turiş uçun foydalanilgan yolğon. Asosiy maqsad esa depozit qöydiriş orqali odamlarni çuv tuşiriş.