Iordaniyada AQSh harbiylari halok bo‘ldi, Eronda ko‘prik va elektr stansiyalarga zarba berilmoqda
Amerikalik harbiylar Iordaniyada AQShning ikki harbiy xizmatchisi halok bo‘lganiga javoban Eron bo‘ylab zarbalarning navbatdagi seriyasini amalga oshirdi. Yana bir harbiy bedarak yo‘qolib, to‘rt nafari jarohatlangan. Eron oliy rahbari Mujtaba Xominaiyning navbatdagi murojaati e’lon qilindi, unda Tramp tomonidan imzolangan anglashuv memorandumi «hech narsaga arzimasligi» qayd etilgan.