Özbekistonda XCM nomi ostida navbatdagi moliyaviy piramida avj oldi. U boşqa şu kabi moliyaviy piramidalardan farqli ravişda mehnat jamoalari, hatto içki işlar tizimiga ham faol kirib boryapti: xodimlar bilib-bilmasdan XCM tarğibotiga, demak köproq odam aldanişiga “hissa” qöşmoqda.
XCM nima?
Ötgan bir yilda video köriş orqali pul topişni tarğib qilgan HNK, Whats va Aif kabi moliyaviy piramidalar töriga köplab özbekistonliklar ilindi. Hatto uşbu loyihalarga bankdan kredit olib yoki yoki biror mulkini sotib pul tikiş orqali bor-budidan ayrilganlar ham böldi. XCM şakl va uslub jihatdan ana şu moliyaviy piramidalarning “ukasi”: bunda ham aldov nuqtasi videolarga like bosiş va izoh yozişga asoslangan.
XCM, ya’ni X Connection Media Avstraliyada taşkil etilgan onlayn media kompaniyasi ekani, 2024 yil 4 avgustda taşkil qilingani va sertifikat olgani aytiladi. Internetda reklama va onlayn marketing loyihaning maqsadi sifatida qayd etilgan.

“Işga oliş” niqobi
XCM faoliyatiga rasmiy tus beriş maqsadida “işga oliş” niqobidan foydalanilgan. Faqat boşqa moliyaviy piramidalardan farqli ravişda buning uçun talablar işlab çiqilgan. Ya’ni işga qabul qilinuvçilar 18-60 yoş orasida bölişi, muloqot qobiliyati muhimligi, vaqtni boşqara olişi zarurligi belgilangan.

Ammo bu şunçaki niqob bölib, XCM’ga işonçni oşiriş uçun öylab topilganini seziş qiyin emas.
Depozit – ilmoq
XCM moliyaviy piramida ekaniga oddiy dalil – bu unga qöşiliş uçun depozit qöyiş, ya’ni pul tölaş majburiyati borligidadir. Depozit qöyiş majburiyati “xavfsiz hamkorlik muhiti yaratişga yordam berişi” bilan izohlangan.
“Blog maxfiyligini himoya qiliş va hamkorlikning xavfsizligi va muvaffaqiyatini ta’minlaş maqsadida biz oddiy xodimlar uçun depozit tölov tizimini joriy qildik. Biz maxfiylikni himoya qilişga juda jiddiy qaraymiz va blogerlar duç keladigan maxfiylik xavflarini töliq tuşunamiz. Uşbu çora xavfsiz hamkorlik muhitini yaratişga yordam beradi. Biz haqiqatan ham biz bilan işlaşni va öz işiga jiddiy yondaşişni, işonçli munosabatlar örnatişni hamda xavf va potensial mojarolarni kamaytirişni xohlaydiganlarni tekşiramiz. Şunday qilib, biz resurslarni yaxşiroq rejalaştirişimiz va bloglarning platformada barqaror daromad va imkoniyatlar olişini ta’minlaşimiz mumkin”, deyiladi XCM platformasida.

Aslida ana şu izohning öziyoq XCM moliyaviy piramida ekanini bildirib turibdi. Negaki, xavfsiz hamkorlik muhiti pul tölovi bilan emas, odatda huquqiy asoslar bilan yaratiladi. Aksinça, biror bir qonuniy asosga ega bölmagan va kelib çiqişining tayini bölmagan kelişuv bilan depozitga pul qöyiş muqarrar aldanib qoliş degani.
Şuningdek, XCMga “işga olingan” xodimlarga majburiyatlar ham qöyilgan. Bu salbiy izohlar yozmaslik, boşqa xodimlarni kamsitmaslik bilan boğliq.

XCM faoliyati ham boşqa moliyaviy piramidalar kabi “pul tiking va daromad köring” qoidasiga asoslangan. Buning uçun 7 ta daraja bosqiçi işlab çiqilgan. Masalan, X-C2 darajadan boşlaş uçun 460 USDT (kriptovaluta, odatda 1 USDT 1 dollar qiymatga ega böladi) tölaş kerak böladi. Bu darajada kuniga 5 ta vazifa beriladi. Har bir vazifa 2,6, kunlik daromad 13 USDT. Xullas, depozitga qöyilgan 460 USDT’ni 4745 USDT’ga aylantiriş mumkinligi va’da qilingan.

Daraja yuqorilagani sari depozitga qöyiladigan pul va köriladigan daromad miqdori oşirib borilgan. X-C8 darajasi uçun 40 ming USDT qöyiş kerak böladi. Bu 40 ming dollar degani. Şunçaki kuniga 80 ta videoni körib, layk bosib turilsa bu pul bir yilda 414 640 dollarga aylanarmiş göyo. Bu ming foizdan yuqoriroqni taşkil etadi. Aslida, uşbu raqamlarning öziyoq eng sodda odamni ham şubhaga qöyişi kerak. Biroq bunga işonayotganlar afsuski, bor va ular köpçilik.
“Tarğibotçi” IIB
XCM’da imkon qadar köproq odamni depozit qöyişga çorlaş maqsadida boşqalarni taklif qilganlik uçun alohida pul tölaş tizimi taklif etilgan. Oqibatda döst-u qarindoşlar, mehnat jamoalari orasida uni tarğib qiliş holatlari köpayib, moliyaviy piramida öz domiga köproq odamni tortib ketmoqda.



Hatto aslida uşbu holatning oldini olişi kerak bölgan IIB xodimlari ham XCM’ga işonib, uning tarğibotiga kirişgan. Şulardan biri Samarqand viloyati Past Darğom tumani IIB profilaktika inspektori.
“Haqiqatan ham bu jamoa bilan işlab, köp bonuslar, undan taşqari, topşiriqlar bajariş orqali yuqori sarmoyaga ega bölyapman. Bu töğrisida öz hamkasblarimga ham ma’lumot berib, ularga ham a’zo bölişga taklif qildim. Köpçilik ijobiy fikr bildirib, a’zo bölmoqda”, degan profilaktika inspektori.

XCM guruhlarida e’lon qilingan suratlarga qaraganda uşbu moliyaviy piramida tarğibotiga qöşilgan IIB xodimlari köpçilikni taşkil etadi. Bu loyiha ortida turgan firibgarlar “mana, bizga hatto IIB xodimlarining özi işonç bildirgan”, deya köproq odamni çuv tuşirişiga xizmat qilmoqda.

Harbiy akademiyada öqituvlik qilişi aytilgan mayor Zuhriddin Toyirov ham uşbu moliyaviy piramidaga qöşilganini bildirgan:
“Men XCM firmasiga qöşildim. Kelajakda bu kompaniyaga omad tilayman. Kelajakda oila a’zolarimni ham, jamoamni ham qöşib, kengaytirişga harakat qilaman”, degan u.


Bot bilan suhbat
Özbekistonda XCM moliyaviy piramidasining bir neçta guruh va kanallari faol işlamoqda. Faqat ular yopiq bölib, töğridan töğri a’zo böliş imkonsiz: a’zolik sörovi jönatilganidan söng qabul qilinişingiz yoki rad etilişingiz mumkin.
Uşbu guruhlarda asosan Westin Noah ismli admin siz bilan savol-javob qilişi mumkin. Köpçilik kompaniya menejeri deb öylaydigan Westin Noah aslida şaxs emas, Telegram-bot. Messenjerni biroz tuşunadigan odam buni anglab olişi qiyin emas.

Sönggi 2-3 yilda Özbekistonda turli moliyaviy piramidalar avj oldi: powerbank ijarasini taklif etgan “Parker”, video köriş orqali pul topişni tarğib qilgan HNK, Whats va Aif, tabiat ğamxöri niqobidagi “Blue culture”, sovğa ulaşuvçi “Dari poluçay” kabi moliyaviy piramidalarga minglab odamlar aldandi.
Biri yöqolsa, boşqasi paydo bölayotgan bu kabi moliyaviy piramidalar hamon köplab vatandoşlarimizni öz domiga tortmoqda. Ularning tegirmoniga hatto içki işlar xodimlari ham suv quya boşlagani vaziyat ança jiddiy nuqtaga yetib kelganini körsatadi.
Kun.uz yurtdoşlarimizni ogoh bölişga, turli platformalarga işonmaslikka hamda öz mablağlarini şubhali loyihalarga tikmaslikka çaqiradi.
Ruslan Saburov,
Kun.uz
















