Oliy ta’lim muassasalaridagi joriy öquv yili ham talabalarni turar joy bilan ta’minlaş muammosi bilan boşlandi. Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi boşqarma boşliği Laziz Mingişev Kun.uz muxbiri bilan telefon orqali muloqotda talabalarni turar joy bilan ta’minlaş muammosi keng kölamli emasligi, internet va ommaviy axborot vositalarida tarqalgan holatlar ayrim oliy ta’lim muassasalaridagina kuzatilganini aytdi.

Laziz Mingişev

“Asosiy kuzatilgani Talabalar şaharçasida böldi. Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga oid videoni ertalab kelib kimdir tasvirga olib tarqatib yuborgan. Biz u yerga borganimizda universitet mas’ullari talabalarni yotoqxonaga joylaştiriş bilan şuğullanuvçi komissiya faoliyatini çiroyli taşkil etib qöygan ekan. Birinçi navbatda muhtojlarni joylaşdi.

Asosan bir-ikkita OTMda böldi muammoli vaziyat. Boşqalarda bunday holat kuzatilgani yöq. Bir haftadan beri viloyatlarni örganib keldik. Viloyatlarda umuman kuzatilmadi. Bitta Talabalar şaharçasida sodir bölgan vaziyatga asoslanib, nimaga vazirlik bu muammoning çorasini körmadi deb xulosa çiqariş töğri emas, nazarimda. Talabalar şaharçasidayam [şov-şuvli holat] bir kun davom etdi xolos. Hamma yoppasiga kelganda bunday voqea kuzatilişi tabiiy jarayon. Uç kunlab öşa yerda yurdik, kimdir borar joyi bölmay köçada qolib ketmaganmikin deb. Lekin bunday vaziyatdagi talabalar va ularning yaqinlarini uçratmadik”, deydi Laziz Mingişev.

Mavzuni atrofliça örgangan Gazeta.uz naşri muxbiri Ziyoda Ramazonova muammo nafaqat Talabalar şaharçasiga, balki poytaxtdagi barça oliy ta’lim muassasalariga tegişli ekanini aytmoqda.

“Körgan-keçirganlarimni aytadigan bölsam, umumiy holatga yaxşi baho bermasdim. Borişim kerak bölgan manzillar köproq edi. Talabalar şaharçasiga borganimizda soat ertalabki yetti ham bölmagandi. Yölda odam judayam köp, yuk kötarganlar karvoni juda katta edi. Ular bilan gaplaşib özimga ham biroz stressli holat böldi.

Kelganlarning hammasi turar joyga joylaşişga umid qilib turibdi. Lekin yotoqxona hammaga berilmasligini bilişmaydi. 30-40 kişi bilan gaplaşgan bölsak, ular orasida hali yotoqxona berilmasligi ham mumkinmi deydiganlar köpçilikni taşkil qilardi.