Surxondaryo viloyatining 13 ta tumanida xalq deputatlari kengaşlarining navbatdan taşqari sessiyalarida yangi hokimlar tasdiqlandi. Sessiyalarda viloyat hokimi v. b. Uluğbek Qosimov va Özbekiston prezidenti administratsiyasi vakillari iştirok etişdi.

Sessiya işlarida sözga çiqqan faollar mahalliy hokimlar Davlat rahbarining talabi bilan aytganda bugungi kunning zamonaviy fikrlovçi, odamlarni rozi qiliş harakati bilan yaşovçi, hududda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlarning amalga oşirilişini ta’minlaydigan kadrlar bölişi kerakligi ta’kidlandi.
Yangi tasdiqlangan hokimlar atrofida birlaşib, har bir tuman özining rivojlantiriş, aholi turmuş darajasini oşiriş böyiça belgilab olingan dasturlari ijrosini ta’minlaş yölida bir yoqadan boş çiqarib harakat qilişi lozimligi aytib ötildi.
Sönggi uç tayinlov
Xalq deputatlari Bandixon tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida taşkiliy masala körib çiqilib, şu kunga qadar tuman hokimi lavozimida işlab kelayotgan Ötkir Abduzoiroviç Çoriyev vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Abdumalik Allamuradov tasdiqlandi.

Abdumalik Abduqodiroviç Allamurodov 1977 yil 17 aprelda Termiz tumanida tuğilgan. 1998 yil Termiz davlat universitetini, 2003 yil Toşkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti böyiça mutaxassisligi iqtisodçi, huquqşunos.
A.Allamurodov 2000-2022 yillarda adliya, prokuratura, içki işlar organlari, Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonasi hamda Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Denov tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgan edi.
- Ötkir Çoriyev 2020 yil fevralida yangi taşkil etilgan Bandixon tumani rahbarligiga tayinlangandi.



















